«Omonat g’ildirak» film premyerasidan


Категория: KINO PREMYERA
IMG_5505

26-aprel sanasida yana bir kinokomediya barcha kino muxlislarini «Alisher Navoiy» nomli kinosaroyi tomon chorladi. Shu kuni yosh kinorejissyor Dilshod Ahmedovning «Omonat g’ildirak» nomli filmining taqdimot marosimi bo’lib o’tdi. Yomg’ir yog’ishiga qaramasdan kelganlar soni juda ko’p bo’ldi. Hamkasblarining yangi ijod namunasini baholash uchun ko’plab san’atkorlar ham tashrif buyurdilar. Taqdimot marosimini kino va san’at olami darg’alaridan bo’lmish Lutfulla Sa’dullayev olib bordi. Ustoz san’atkor film ijodkorlarini birma-bir tanishtirar ekan, film suratga olish, ayniqsa komediya yo’nalishida tasvirga tushirish juda mashaqqatli ish ekanini, bu yo’lda yaqinlarning qo’llab-quvvatlashi zarur ekanini ta’kidlab o’tdi. Shu sababli barsha ijod mahsullarini qadrlay bilish lozimligini muxlislarga uqtirdi.

IMG_5459 IMG_5462  IMG_5466 IMG_5467 IMG_5473

Film rejissori Dilshod Ahmedov ham bu ishda unga ko’mak bo’lgan barchag , xususan oilasiga o’z tashakkurini izhor qildi. Film mashhur yozuvchi Said Ahmadning «G’ildirak» nomli qissasi asosida suratga olingan bo’lib, Shoira G’iyosova tomonidan ssenariy yozilgan.

IMG_5474 IMG_5479

Rejissor: Dilshod Ahmedov, prodyuser: Nodir Akbarov, operator: Izzatilla Lutfullayev, montaj rejissyori:Xurshid Alixo’jayev, dizayner: Kamoliddin Zoirov. Filmda Muhammadiso Abdulhayirov, Said Muxtorov, Shohida Uzoqova, Muyassar Berdiqulova, Ma’mur Sultonov va Sevara Soliyeva kabi siz sevgan aktyor va aktrisalarning yorqin ijrosini ko’rishingiz mumkin. Film Bozorvoy ismli biroz ovsarroq qahramonning aldov yo’li bilan mo’may daromad topish maqsadida yo’lga qo’ygan biznesidan boshlanadi. Bu yo’lda u turli insonlarga va turfa xil ishlarni boshidan kechiradi. Albatta, biz sizga filmni boshdan oxirigacha hikoya qilib bermoqchi emasmiz. Barchangizni shahrimiz kinoteatrlariga yangi kinokomediyani tomosha qilish uchun chorlab qolamiz.

 

IMG_5486 IMG_5489 IMG_5490

Umringizni uzaytiruvchi bu komediya hayotga qarashlaringizni ham o’zgartirib, siz tarbiyalaydi va o’zingiz uchun kerakli xulosalarni olishingiz mumkin. Nima ham deymiz ming marta eshitgandan, bir marta ko’rgan afzal!!!  

Faxriniso

Поделиться:

Оставить ответ


Rashidbek
29.04.2014

FLIMGA GAP YOQ ILTIMOS ADMINLAR ANAVU PASDAGI RADIONI OPTASHELA TAS-IX BOSAYAM MAYLI EKAN PULNI SHILIB TASHAVOTIKU UZB DAN KIRGANLAGA QIYIN BOVOTIKU

WWW
30.04.2014

voy shohida uzokova semirib ketibtimi