O’ zbekligingdan uyalma! San’atkorlarimiz pastkash bo’lishmasin!


Категория: TANQID

glavniyga2

O’zbek shou-biznes olami jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Kundan kunga yangi qo’shiqchilar, guruhlar, aktyorlar ko’payib ketyapti. Yangi ijodkorlarimiz tomonidan yaratilayotgan ijod mahsullarining ba’zilari muhlislar ko’nglidan joy olmoqda, ba’zilari esa yo’q. Muhlislarimiz “bu menga yoqmadi” deya e’tirof etgan ijodkorlarimiz ham biz kabi insonku, qiziq ular hayoti davomida qanday maqsad bilan yashar ekan. Demak ularning puli bor, ma’nosi yo’q qo’shiqlarini jamiyatimizga taqdim etishmoqda. Shunday soxta san’atkorlar ham borki tanilmagan guruh a’zosi bo’la turib, birdaniga taniqli guruhga qo’shilib olishi bizni hayron qilib qo’ydi.Yangi guruhi orqali tanilgan yosh ijodkorlar 2-3 kun ichida o’zini “Yulduzman” deb hisoblashi hech birimizga yoqmasa kerak! Yana ayrim san’atkorlarimizning­ bizga bo’lgan munosabati shu mavzuni ochishimizga majbur qildi. Elimiz suygan, xalqimiz ardog’ida bo’lgan shunday ijodkorlarimiz borki, ular yulduz ekanligini faqatgina o’zlari bilishmaydi. Ko’plab muhlislar orttirib ham “qo’limdan hech narsa kelmasa, muhlislarim nima uchun meni yahshi ko’rishadi” deya oladigan san’atkorlarimiz ham bor. Ularning ijod mahsuli doimo insonlar qalbidan joy olgan.To’g’ri zamonamiz anchayin o’zgarib ketdi, shunday bo’lsada bir o’zimizga savol berib ko’raylik ”Nima uchun ba’zi insonlar hali hamon Zamira Suyunova, Tavakkal Qodirovlarning qo’shiqlarini sevib ­tinglab kelishadi. Buning javobi oddiy chunki ba’zi yangi san’atkorlarimizning­ ijodlari hech bir maqtovga loyiq emas. Bundan tashqari ba’zi san’at sohasidagi insonlardan o’zlari haqidagi yangiliklarni SHOK.U­Z saytiga birinchilardan bo’lib e’lon qilishlarini so’ragan edik. Agar avval bizning saytga ijodi to’g’risidagi yangiliklarni berishsa biz ulardan hech qanday haq olmaymiz. Ammo ular butun web-saytlarga yangiliklarini tarqatib bo’lib, ma’lumotlarini saytimizga joylashtirishni bizga ham iltimos qilishadi. Endi­ biz ham buning uchun haq so’rasak rozi bo’lishmaydi. Bunday ajoyib san’atkorlarimiz na unisiga ko’nishadi, na bunisiga. Gohida ular o’zi nimani hohlashadi??????? Saytimizda qandaydir loyiha o’tkazmoqchi bo’lsak, ijodkorlarim­izni birma-bir taklif qilamiz. Lekin ularni­ng ba’zilari “MEN VILOYATDAMAN”,  “GASTROLDAMAN” yoki “BOSHQA SHAHARDA KONSERT BERYAPMAN,VAQTIM YO’Q” deya o’zlarinin­g jonajon uylarida instagram, facebook va yana boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali “Potolokga qarab yotibman” deya turli xil yozishmalarni amalga oshirishadi.Yoki “Kasal edim” deb, konsertlarda qo’shiq kuylab o’zlarini ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilib o’tirishadi. Chunki konsertda ishtirok etish uchun pulini olib quyganmiz deb qo’yishadi. Bu bilan biz sizlarni yomon ko’ramiz demoqchi emasmiz. Aziz ba’zi ijodkorlarimiz, sizlar haqingizdagi ma’lumotlarni SHOK.UZ sayti yoritib borishimizni sizlarning muxlislarinizgiz iltimos qilishadi. Shuncha harakatlarimizning barchasi faqatgina muhlislar uchun.Yodingizda bo’lsin, sizlarga intiladigan muhlislaringsiz, shun­chaki bir boshqacharoq oddiy bir insonsizlar. Ularni yo’qotib qo’yishdan qo’rqing! San’atkorlarimizning­ kamchiliklarini birma bir sanab o’tish niyatimiz yo’q. Lekin ularning ba’zi ishlari jamiyatimizga, ayniqs­a o’sib kelayotgan yosh avlodga ta’siri katta deb o’ylaymiz. Ular uchun yana bir e’tirozimiz bor edi. Biz o’z nomimiz bilan O’zbekmiz! Shou-biznes olamidagi san’atkor va ijodkorlarimizning 99% ining millati O’ZBEK. Ba’zi san’atkorlarimiz nima uchun o’zlarining ona tillarida gapirishmaydi???? Intervyu berishsa ham konsert dasturlarida ham rus tilida gapirishlari hech kimning ko’ngliga ma’qul bo’lmasligi turgan gap. Naxotki ular O’zbekligidan uyalishsa? Ular aksincha O’zbekligidan faxrlanib yurish o’rniga rus zabonida so’zlashadi. O’zbek tilimizni ham unutib yuborishyapti, desak xato bo’lmaydi. Shun­day san’atkorlarimiz ham borki, ancha yillar davomida boshqa shaharda yashab kelgan bo’lsada doim faqat o’zbek tilida gapirishga harakat qilishadi. Bunga misol Munisa Rizaeva, u bilan o’tkazgan ko’plab muloqotlarimizdan shunga amin bo’ldik-ki, Munisa hech qachon O’zbekligidan uyalmaydi. Xonanda  kerakli  joyda o’zbek tilida, kerakli joyda rus tilida, kerak bo’lganda boshqa tilda ham gaplashadi. Ayrim san’at sohasidagi yulduzlarimiz Munisa Rizaevadan o’rnak olishsa judayam yahshi bo’lar edi.

 

Shok.Uz sayti ma’muriyati

Поделиться:

Оставить ответ


Muzaffar
10.02.2014

Yahwi maqola bopti munisadan ornak oliw diganga qowilmiyman.

Mali
10.02.2014

shok.uz sizlar va ijodilar eng zor…gapilarga qowilaman siz biz iwlavoslar…!!!!shu gapilarga 100% qo’wilaman…!!

ITALY
10.02.2014

узбек саьнаткорлари шунака узи осмонга чиквогандан кн ерга караши унитворади.Мунисага удача!!!!

jokerxaker
11.02.2014

http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_good.gif http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_smile.gifhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_yes.gifhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_bye.gif

zokir
11.02.2014

judayam to’g’ri. zero bu gaplarni o’sha bazi sanatkorlar tushinib olsa yaxshi bo’lardi

doni
12.02.2014

Zur

hb94
12.02.2014

.

Maslahat
13.02.2014

Sayt adminlari, jurnalistlari, ayniqsa tanqid bilan shug’ullanvotgan ijodkorla. Fikrlariz judayam sayoz, ishonchli isbotga egamas, tanqiddan ko’ra ko’proq tuxmat va kimnidir atay yomonlashga o’xshab qovotti. Faqat bu maqola haqida gap ketmyopti. Umuman olib qaralganda. Bunaqa maqolalar yozishda ehtirosga berilmasdan, g’azabbi jilovlab, o’ylab ish qilish kere. Tori, nimadir dimoqchi bolasila, qanaqadir muammoni yozmoqchi bo’lasila, bu yaxshi, maqtovga arziydi. Ammo mavzulani yoritishda tajriba yo’qligi sezilib qoladi silada. Shu uchun o’z ustilada ko’proq ishlashilani, biror maqola yozishda o’zaro fikrlashib, maslahatlashib ish ko’rishilani maslahat berardim. Ana shunda «siypab turib abjag’ qisa boladi». Saytga omad!

P.S. Mani san’atkorlaga aloqador joyim yo’q. Boshqa internet sayt hodimi ham emasman. Shunachki internet foydalanuvchisiman!

Maslahat
16.02.2014

Kordilami, sila daje internet foydalanuvchilarini tanqidigayam munosib javob qaytara olmisila. Shuncha yozgan gaplarimmi faqat Post Skriptum qismiga e’tibor qaratibsila va faqat shu ma’lumotimgagina arang javob beribsila. Manimcha nima haqida yozganimni tushunmagan bo’sela kere ))

SABR
24.11.2015

MUSORGA FAQAT AXLAT TASHASHADI

Lo
06.04.2014

Nima bu muomala??? silaga yozvattimi, odamga uxshab javob yozishi urganila!!! Tuppa tugri tanqid qilishgan!