Nilufar Usmonovaning qo’lidan sovg’a olishni va «Dunyo» klipini birinchilardan ko’rishni istaysizmi?


Категория: EKSKLYUZIV

Comp_1-0-00-14-227

Tez kunlarda muxlislar iste’dodli xonanda Nilufar Usmonovaning yangi «Dunyo» deb nomlangan qo’shig’iga suratga olingan videoklipni ko’rishlari mumkin bo’ladi. Unga qadar esa xonanda muxlislariga 17-30-maygacha facebook va instagram ijtimoiy tarmoqlarida tanlov e’lon qildi. Tanlov haqida xonandaning o’zi ham instagram tarmog’i orqali o’zining kuzatuvchilariga e’lon qilib bo’lgan. 

video_2015-05-14_08-06-20-0-00-11-245

Bu tanlovda qatnashish istagida bo’lganlar @NilufarUsmonova va #NilufarUsmonova xashtegida «Men klipni ko’rishni xohlayman» yozuvi bilan o’zlarining suratlarini joylashtirishlari kerak. 30-may kuni esa g’olib aniqlanadi. G’olibga Nilufar Usmonovadan maxsus sovg’a va uning shaxsiy imzosi chekilgan disk topshiriladi.

Shunday ekan shoshiling, tanlovda ishtirok etib, mutlaq g’olibga aylaning. G’olib aniqlanganda uni taqdirlash onlaridagi foto va videolarni saytimizda kutib qoling. Endi esa shou-biznesda portlash, bomba bo’lishi kutilayotgan klip va «Dunyo» qo’shig’i haqida ham ma’lumot bersak. Qo’shiqning so’zlari iste’dodli ijodkor Yakzon Jo’rayevga tegishli.

as233

Bu qo’shiqni kuylash ustida esa Nilufar Usmonova Jasur Abdurahmonov bilan deyarli bir yil ish olib bordi. Qo’shiq uchun klipni mahoratli klipmeyker Timur Primkulov tasvirga oldi. Unda bosh rolni betakror aktrisa Jamila G’ofurova ijro etgan bo’lib, klip syujetlari orqali har bir inson o’zini ko’rishi mumkin. Premyera tez kunlarda, biz ham uni intiqib kutgan holda Nilufar Usmonovaga yanada ulkan zafarlarni tilaymiz.

Faxriniso

Поделиться:

Оставить ответ


Nasiba
20.05.2015

instagrami va facebook bo’lmaganlar nima qilsin

Asal
24.05.2015

qachon padarkalarni beradi