Nilufar Usmonovaning «Dunyo» nomli albomining taqdimotidan


Категория: NEWS
_DSC5241

Avval boshdan va’da qilinganidek xonanda Nilufar Usmonovaning «Dunyo» nomli albomining taqdimoti bugun «Discovery» do’konida bo’lib o’tdi. Xonandaning o’zi so’zamon, shaddod, xushchaqchaq bo’lganligi uchun ham tadbir boshidan so’ngiga qadar a’lo kayfiyat barchaga hamrohlik qildi. Albom taqdimotiga Nilufar Usmonovaning do’st-u birodarlari, ommaviy axborot vositalari va albatta muxlislari tashrif buyurishdi. 

_DSC5396

Albom taqdimoti bilan birgalikda xonanda u tomon yo’llangan savollarga javob berdi, kelajakdagi rejalari, ijodidagi eng so’nggi yangiliklar bilan bo’lishdi. Hayratda qolarli tomoni shundaki, taqdimoti bo’lib o’tgan mazkur albom bir kunda tayyor bo’lgan ekan._DSC5392 _DSC5371 _DSC5367 _DSC5363 _DSC5358 _DSC5319 _DSC5313 _DSC5306 _DSC5293 _DSC5263 _DSC5258 _DSC5255

Bu hali hammasi emas, Nilufar Usmonova yana bir albomni taqdim etish uchun allaqachon hozirlab qo’yibdi va yaqin kunlarda uning ham taqdimoti rejalashtirilgan. Umuman xulosa qiladiga bo’lsak, tadbir juda a’lo darajada o’tdi, xonandaning o’zi tashrif buyurganlarga yuqori kayfiyat ulashdi va barcha mamnun bo’ldi. Endi esa bunday esda qolarli  lahzalardan muhrlangan yorqin  forosuratlar e’tiboringizga havola etamiz. Marhamat miriqib tomosha qiling.

Faxriniso

Foto: Kamil Bilyalov

Поделиться:

Оставить ответ


Dilshod
04.08.2015

Nilufar asalka

Charos
05.08.2015

OK

Nigora
07.08.2015

Bir nimalarni o’ylab ropadideyey Niluifar