Nilufar Usmonovadan «Maktab» klip premyerasi


Категория: KLIP
Nilufar maktab

Nilufar Usmonova har doim kutilmagan onlarda barchani hayratga solishda davom etar ekan, uning «Maktab» nomli qo’shig’iga suratga olingan video klipni e’tiboringizga taqdim etamiz. 25-may kuni maktab bitiruvchilarini tabriklash maqsadida bir necha maktablarga o’zining ijodiy jamoasi bilan hech qanday ogohlantirishlarsiz, dabdurustdan bostirib borib, ularni  xursand qilgan holda, xonanda o’sha kuniyoq yangi «Maktab» nomli qo’shig’ining premyerasini ham o’tkazib yuborgan edi.  Ana o’sha kungi tashriflarda suratga olingan lavhalardan, klipmeyker Jonrid Sagdiyev tomonidan takrorlanmas klip yaratildi va bu klipga Yassaviy rejissyorlik qilgan. 


KLIPNI YOU TUBE DAN KO’RISH

KLIPNI RU TUBE DAN KO’RISH

KLIPNI MY TUBE DAN KO’RISH

KLIPNI AVI FORMATDA KO’CHIRISH

KLIPNI MP4 FORMATDA KO’CHIRISH

KLIPNI 3GP FORMATDA KO’CHIRISH

«Maktab» qo’shig’ining g’oyasi Nilufar Usmonovaga tegishli bo’lgani holda uning so’zi va musiqasi Yakzon qalamiga mansub. Aranjirovkasi esa hozirgi kunda nafaqat musiqa bastalash bilan shug’ullanadigan yosh ijodkor, balki Yevropada nihoyatda tanilgan DJ Kamronga tegishli. U ilk marotaba o’zbek ijodkorlaridan Nilufar Usmonova bilan ijodiy hamkorlik qildi va bu hamkorlik natijasi o’laroq «Maktab» nomli yangi qo’shiq yaratildi. Hozirda sizlarga shu qo’shiqga ishlangan yorqin  klipni taqdim etar ekanmiz, bu klipni tomosha qila turib ajib hislar sizni chulg’ab olishi tayin. Chunki yana qayerlarda tahsil olmaylik, qancha do’star ortirmaylik, hech biri maktab davriga va sinfdoshlarga teng kela olmaydi.  Marhamat tomosha qiling, baho bering va fikrlaringizni qoldiring!

 Faxriniso 

Поделиться:

Оставить ответ


Fayzullo
26.06.2015

Awulaga,klipgaaa gap yoo. nilufaar molodets.

ABDULLHOMID
29.06.2015

Togri xaqiqatan gap yoq ovaziga xam omat nilufarga

MaJnuN ❤
01.04.2016

Klio zor chiqbdi omad nilufarga