Nilufar Usmonova yana nima ishni boshladi?


Категория: NEWS
LEE_8954

O’zbek shou-biznesining jonkuyar xonandalaridan Nilufar Usmonova tashabbusi bilan tashkil etilgan «Open air» ko’ngilochar dasturi Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida nishonlandi. E’tiborli tomoni shundaki tadbirga mehmonlar oldindan taklif etilmadi  va bayram ochiq havoda «Art House» o’konining oldida o’tkazildi, istagan odam bu bayramda ishtirok etishi mumkin edi.  

LEE_9079

Tashkil qilingan yashil maydonchada o’yin o’ynash, raqsga tushish, yosh rassomlardan rassomchilik sohasi bo’yicha master-klassda ishtirok etish va o’zlarining shaxsiy suratlarini chizish ham mumkin edi. Nilufar Usmonovaning o’zi ham bayramga farzandlari bilan tashrif buyurdi. Bunday issiq, lekin bayramona kunda barcha ahil bir oilaga aylandi. Mashhur bolalar qo’shiqlari sadolari ostida yosh rassomlar Nilufar Usmonova bilan birgalikda qog’oz, mato va toshga suratlar chizdilar.  Xonanda bolalar tomonidan yorqin ranglar bilan bo’yalgan maxsus libos tiktirgan edi.

LEE_8705Bundan tashqari turli xil shirinliklar, popkorn, shirinpaxta, ichimliklar to’la bo’lgan kendibar ham tashkil qilingan edi. Shu kuni ayniqsa face painting (yuzga rasm chizish) bolajonlar orasida nihoyatda ommalashdi. Xonanda Nilufar Usmonova tomonidan tashkil qilingan, bolajonlar uchun bag’ishlanga tadbir a’lo kayfiyatda va mo’jizalarga boy tarzda o’tdi. Unga tashrif buyurganlar hech ham afsuslanmadilar. Fotosuratlarni tomosha qilar ekasiz, o’zingiz ham buning guvohi bo’lasiz. LEE_8794 LEE_8799 LEE_8827 LEE_8835 LEE_8940 LEE_8969 LEE_9007 LEE_9042

Faxriniso

Поделиться:

Оставить ответ


Айгерим
08.06.2015

Умница ты супер

Muhammadali
09.06.2015

rahmat Niluga!!!!!

Nigora
11.06.2015

Morojnilarni, ne e’lon qilmadingiz? Bumasa men ham bu tadbirga borgan bo’lardim