Nilufar Usmonovadan «Hush kelding bahor» qo’shiq premyerasi


Категория: MP3
photo_2015-03-19_15-52-00

Bahor… Fasllar ichra eng go’zali. Bahorda borliq qishki uyqudan uyg’onib, butunlay o’zgacha tusga kiradi, olam yanada go’zallashib charog’on bo’ladi. Har yerni yoqimli tarovat, gul hidi, yerdan endigina bosh chiqargan maysa isi egallaydi.  San’atkorlar bunday chiroydan ilhomlanib, bahorni tilga olib, she’r yozadilar, kuy bastalaydilar, qo’shiq kuylaydilar. Bunday ijod mahsullarining barchasi qalbimizdan iliq joy egallagan. Mana bugun sevimli xonandangiz Nilufar Usmonovaning ham bahoriy kayfiyatga yo’g’rilgan «Hush kelding bahor» nomli yangi qo’shig’ini taqdim etamiz.

QO’SHIQNI TAS IX TIZIMIDA KO’CHIRISH

Mazkur qo’shiqni tinglab kayfiyatingiz ko’tarilib, bahorga bo’lgan muhabbatingiz yana oshsa ajab emas. Chunki bahor tilga olingan har bir qo’shiq barchamiz uchun sevimli. O’ylaymizki Nilufar Usmonova tomonidan kuylangan bahor haqidagi qo’shiq ham biz uchun umrbod unutilmas va sevimli bo’lib qoladi. Marhamat tinglab baho bering!!! 

Faxriniso

Поделиться:

Оставить ответ


noila
20.03.2015

OMAD

Hayot
03.04.2015

Shu Artistman deb o’ylaydimi o’zini