Nilufar turmush qurgani rostmi?


Категория: NEWS
Nilufar

Shou-biznesdagi har bir ijodkorning hayoti muxlislar uchun juda qiziq va muxlislar ham bu borada jurnalistlardan kam «iskovichlik» qilmasliklariga ishonavering. Saytimiz yulduzlar haqida batafsil yoritib borganidan, bizga san’atkorlarning ijodidan tortib shaxsiy hayotigacha savollar yo’llab murojaat qiladilar. Shu kunlarda esa muxlislarning diqqat-e’tibori xonanda Nilufarga qaratilgan. «Hurram» nomli xit taronasidan so’ng yana qayergadir yoqolib qolib, ko’rinmay qolgan Nilufarning hozirda nimalar bilan band ekanligiga qiziqib, nima uchun kamnavo bo’lib qolganini so’rab murojaat etishmoqda.

Nilufar 2

So’nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlardagi xonanda joylashtirib  borayotgan fotosuratlarni ko’rib, bir qarashda uni Dubay shahrida maroqli ta’til onlarini o’tkazmoqda deb aytishimiz mumkin. Lekin yana bir necha bor surishtirish ishlari natijasida yana boshqa bir yangilik ham yuzaga kelib chiqmoqda. Gap-so’zlarga ko’ra xonanda hech kimga oshkor qilmasdan nikoh to’yini o’tkazib, turmush qurgan emish. Ijodda kamnamo bo’lib qolganining sababini shunga yo’yishmoqda.

Nilufar 1

Qo’limizda ha, ana shunday degan aniq fakt yo’q, bu ham bir mish-mish xolos. Balki, mazkur maqolani o’qigandan so’ng xonanda Nilufarning o’zi biz bilan bog’lanib, bor gapni aytib berar. Agarda uning turmush qurgani haqidagi gaplar rost bo’lsa, xonanda ulkan baxt va ijodiy parvozning doimiy hamrohligini tilaymiz.

Поделиться:

Оставить ответ


 

Похожие новости