Next savdo-ko’ngilochar (hordiq) majmuasida yulduzlar bilan birga!


Категория: FOTOREPORTAJ
photo_2014-03-29_23-56-30

So’nggi yillarda poytaxtimiz Toshkent shahrida keng ko’lamdagi bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, bularning bari poytaxt aholisi va Toshkent shahriga tashrif buyuruvchilar uchun qatorgina qulay sharoitlarni yaratib bermoqda. 29-mart kuni Toshkent shahrining Beshyog’och dahasida yana bir yangi «Next savdo-ko’ngilochar (hordiq) majmuasi» gipermarketining ochilish marosimi bo’lib o’tdi va aholi foydalanishiga topshirildi.

Tan olish kerak yangi gipermarketning ochilish marosimi chindan ham so’nggi yillardagi eng ajoyib tadbirlardan biri bo’ldi va talaygina syurpirizlarga boy o’tdi. Tonggi soat 10.00 dan kechgi 21.00 ga qadar davom etgan ochilish marosimi shak shubhasiz omma e’tiborini jalb etmay qolmadi. Bu tadbirga tashrif buyurgan aholi sonidan ham yaqqol ko’zga tashlanar edi. Biz shok.uz sayti xodimlari ham marosimga tashrif buyurganimizdan aslo afsuslanmadik.

photo_2014-03-29_23-51-10

 Ayniqsa ochilish marosimining konsert dasturi nihoyatda zavqli, ko’tarinki kayfiyatda bo’lib o’tdi. El ardog’idagi san’atkorlarimiz Ozodbek Nazarbekov, Lutfulla Sa’dullayev, Samir, Ziyoda, Jahongir Poziljonov, Nilufar Usmonova, Sevara Nazarxon, Sardor Rahimxonlar ham tashrif buyurib, o’zlarining xalq orasidagi sevimli qo’shiqlarini kuylashdi. Ochilish marosimiga kelganlar xarid qilish bilan bir qatorda bepul konsertni tomosha qilish va sevimli xonandalari bilan fotosuratlar, dasxatlar olish va raqsga tushish imkoniga ega bo’ldilar.

photo_2014-03-29_23-53-08 photo_2014-03-29_23-53-18 photo_2014-03-29_23-53-28

 Ta’kidlab o’tganimizdek tadbir syurprizlarga boy edi va shulardan biri betakror ovoz sohibasi, barcha sog’ingan xonanda Sevara Nazarxonning tashrifi bo’ldi. Hech bir zot yo’q ediki bundan xayratlanmagan va hayajonlanmagan bo’lsa. Shu qatori biz ham Sevara Nazarxon qo’shiqlarini barcha tik turgan holda kulib, ba’zida esa ko’zga yosh olgan holda tingladi va birga jo’r bo’lib kuyladi.

photo_2014-03-29_23-53-38 photo_2014-03-29_23-53-46 photo_2014-03-29_23-53-54 photo_2014-03-29_23-54-02 photo_2014-03-29_23-54-11

Tadbir doirasida aksiya o’tkazilib, uning g’oliblari tashkilotchilar tomonida munosib sovg’alar bilan taqdirlandilar.

photo_2014-03-29_23-54-19 photo_2014-03-29_23-54-27 photo_2014-03-29_23-54-34 photo_2014-03-29_23-54-41 photo_2014-03-29_23-54-49 photo_2014-03-29_23-54-56 photo_2014-03-29_23-55-03 photo_2014-03-29_23-55-11 photo_2014-03-29_23-55-18 photo_2014-03-29_23-55-25 photo_2014-03-29_23-55-33 photo_2014-03-29_23-55-44 photo_2014-03-29_23-55-52 photo_2014-03-29_23-55-59 photo_2014-03-29_23-56-05 photo_2014-03-29_23-56-13 photo_2014-03-29_23-56-21

Tadbir yakunida «Next savdo-ko’ngilochar (hordiq) majmuasi» maydonidagi 3D tarzidagi musiqali favvoraning omma e’tiboriga taqdim etilishi barchaga birdek manzur bo’ldi. Shuningdek gipermarketdagi keng asortimentdagi mahsulotlar, xaridorlar uchun yaratilgan qulayliklar tadbirga tashrif buyuruvchilar sonini oshirdi va bundan keyin ham shunday bo’lishini tilab qolamiz. Barchaga «Next savdo-ko’ngilochar (hordiq) majmuasi»ga tashrif buyurib, bu kabi qulayliklar va shart-sharoitlardan bahra olishingizni maslahat beramiz. Ishoning bu to’g’ri tanlov bo’ladi!!!

 

Faxriniso

Foto: Akjol Mildibekov

 

Поделиться:

Оставить ответ


Komol
30.03.2014

OOOOOO Sevaraaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaahttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_yahoo.gifhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_heart.gifhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_rose.gif

Milashka-Mujik
30.03.2014

qachon bo’ganini nega shok.uz oldindan etmiydi pismayib o’zi boradi boshqa saytlarda elon qiladi borilar ochilish marosimi bor dib silarda bunday narsa hich ko’rmadim faqat o’zilar boraslar muhlislar cheta qolib ketati eshitmiy

Bek_Uzbekistan
01.04.2014

Next Gipermarketi haqida qurilish vaqtida va qurilishi yakunlanib birinchi bloki ishga tushgan vaqtida Odnoklassniki digi profilimda maqola yozgan edim.

Umuman olganda Toshkent digi savdo majmualarini ko’payishi bu Toshkent ni yirik Megapolislar qatoriga qo’shilib borayotganidan dalolat.

Hali Samarqand darvoza va Next ga borib ko’rganim yo’qku lekin manga eng yoqgan joy va ilk bor borganimda manda chuqur tasurot qoldirgan majbua bu shubxasiz MEGAPLANET Gipermarketi,

Next haqida aytadigan bo’lsam rasmlarini ko’pini ko’rib chiqdim chiroyli joy bo’libdi,Sevara Nazarxon ning tashrifiham kutilmagan bo’ldi ochilish marosimiga ko’plab yulduzlar kelishini kutgan edim lekin Sevara Nazarxon hayolimga kelmabdi,

Lekin bu ochilish marosimiga O’zbekistondigi ikkita LIDER yulduzlar kelishganida yanada yaxshi bo’lardi.