«Muhabbatimisan» filmi «bir marotaba ko’rishli ekan» qabilidagi kino emas!


Категория: FOTOREPORTAJ
Фабрика ФорматовDVD render~1

San’at nafaqat bizni madaniy hordiqimizni ta’minlaydi, balki u bizni tarbiyalaydi ham. Nuqsonlarimizni ko’rsatadi, hayot ilmini o’rgatadi, bizni faqat ezgulik sari chorlaydi. Bu borada mahoratli kinorejissorlarimiz salmoqli ishlarni amalga oshirib, yaxshi kinofilmlar bilan yurtimiz aholisini xushnud etib kelmoqdalar.

Фабрика ФорматовФабрика ФорматовDVD render

Sermazmun filmlari bilan allaqochon barchaning ko’nglidan joy olgan mahoratli kinorejissyor Durdona To’laganova yaqin kunlarda o’zining yana bir «Muhabbatimsan» deb nomlangan filmini kino shinavandalariga taqdim etdi.

Фабрика ФорматовФабрика ФорматовDVD render.Still005

Filmda zamonaviy yoshlarning bir-biriga bo’lgan sof muhabbati bosh g’oya qilib olingan bo’lsa-da, shu asnosida avvalo oila va Vatan muqaddasligi, yoshlarning bu ikki ajralmas tushunchalarga befarq qaramasligi lozimligi, ular oldidagi muqaddas burchni ado etmoq kerakligi, hamda yangi qurilgan yosh oila uchun albatta ota-ona ko’magi darkorligi kabi hozirgi kundagi dolzarb masalalar o’z ifodasini topgan.

Фабрика ФорматовФабрика ФорматовDVD render.Still007 Hayotiy ssenariy asosida suratga olingan yangi film Sitora Olimjonova, Ali Otajonov, Zuhra Ashurova, Saidkomil Umarov, Maryam Ixtiyorova va Rixsitilla Abdullayevlardek mahoratli aktyor va aktrisalarning ijrosini qamrab olgan.

Фабрика ФорматовФабрика ФорматовDVD render.Still008

Afsuski, ma’lum bir sabablarga ko’ra shok.uz xodimlari «Muhabbatimsan» filmining premyerasiga tashrif buyura olishmagan edi. Filmni ko’rgandan so’ng ko’zida yosh bilan kinosaroylarni tark etayotgan tomoshabinlar, kinoning haqiqatan ham mazmunli, hayotiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini va «bir marotaba ko’rishli ekan» qabilidagi kino emasligini, qayta-qayta ta’kidlab, yana ko’p marotaba tomosha qilish istagini bildirishmoqda. Madomiki, film ko’plarning qalbidan joy olayotgan ekan, barchani «Muhabbatimisan» filmini tomosha qilish uchun shahrimiz kinosaroylariga chorlab qolamiz.

Фабрика ФорматовФабрика ФорматовDVD render.Still013 Фабрика ФорматовФабрика ФорматовDVD render.Still020 Фабрика ФорматовФабрика ФорматовDVD render.Still025 Фабрика ФорматовФабрика ФорматовDVD render.Still049 Фабрика ФорматовФабрика ФорматовDVD render.Still051 Фабрика ФорматовФабрика ФорматовDVD render.Still053 Фабрика ФорматовФабрика ФорматовDVD render.Still054 Фабрика ФорматовФабрика ФорматовDVD render.Still055 Фабрика ФорматовФабрика ФорматовDVD render.Still056 Фабрика ФорматовФабрика ФорматовDVD render.Still057

Yuqoridagi fikrlardan xulosalaydigan bo’lsak, kinoni tomosha qilish uchun ketgan vaqtingizga hech ham afsuslanmasligingiz shubhasiz. Sizlarga ham film ma’qul kelib, uni qayta-qayta ko’rish uchun tashrif buyurish istagi sizlarda ham paydo bo’lsa ajab emas.


Faxriniso

Поделиться:

Оставить ответ


Nozima
21.05.2014

Laziza siz preyeraga boruvdizku instagramda rasmlarizni kurgandim.Man sizladan premyerada olingan rasmlarni kutuvdim afsushttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_scratch.gif

shoh UZB (shok.uz)
21.05.2014

Lazizia opa Zufar haqidayam yozilar uniyam chqirib intirvu qililar shu kinoda o’ynaganku zufar ham ancha klilarda chiqvoti iltimos shok.uz Zufar bilan ham intirvu qililar

Aziza
22.05.2014

Man endi tochna boraman bu kinoga chota qiziqib ketvomman Sitora chiqqan kino yahwi boladi ozi
Sitoradan intervyu olila