“Ming yillik hamgoma” nomli yangi komediya


Категория: FOTOREPORTAJ
IMG_5097

Mamlakatimiz miqyosida madaniy hordiq maskanlari juda ko’p. Deyarli har bir mavzeda kinoteatr, teatr, istirohat bog’lariga duch kelamiz. Biz u yerda madaniy hordiq olish bilan bir qatorda, ma’naviyatimizni yuksaltirish, dunyoqarashimizni kengaytirish imkoniga ham egamiz. Shunday ekan kuni kech Shok.uz saytining xodimlari aktrisa Feruza Normatovaning taklifiga binoan «Abror Hidoyatov» teatr binosiga “Ming yillik hamgoma” nomli yangi komediyani tomosha qilish uchun tashrif buyurdik.

IMG_5032

 Tomoshabinlar ko’pligidan, bugungi kunda teatr ixlosmandlarining soni oshib borayotgani yaqqol ko’rinib turardi. Keng ommaga taqdim etilgan spektakl komediya janrida bo’lib, unda bir jurnalistning kasbi taqozosi bilan boshidan kechirayotagan turli sarguzashtlarga boy, gohida esa xavfga to’la hayoti bosh mavzu qilib olingan. Bir qarashda oson kasbdek ko’rinadigan jurnalistlik sohasi ham aslida o’ta mashaqqatli ekanini, bu yo’lda tinim bilmay izlanish lozimligini, yangilik ortidan quvib, dunyo hamjamiyati bilan izma-iz qadam bosish lozimligini spektakl orqali ko’rishingiz mumkin.

IMG_5039

Biz ham sahnada o’z aksimizni ko’rib o’zimiz uchun, kasbimiz uchun kerakli xulosalarni chiqarib oldik. Bunday betakror ijod mahsuli uchun teatr jamoasiga o’z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz. Aziz yurtdoshlarga uy yumushlari-yu, ro’zg’or tashvishlari, ishni-yu o’qishni bir kunga bo’lsa-da unutib «Abror Hidoyatov» teatr binosiga tashringizni maslahat beramiz.

IMG_5044  IMG_5063 IMG_5068

 Ha aytgancha bu spektakl orqali aktrisa Sevara Soliyevani ham epizodik rolda ko’rishingiz mumkin bo’ladi.

IMG_5107  IMG_5113 IMG_5116 IMG_5120 IMG_5127 IMG_5128

Bu orqali yuzingizga ozgina bo’lsa-da kulgu ulashgan aktyor-u, aktrisalar o’zlarini nihoyatda baxtiyor his etadilar. Spektakl olingan bir nechta suratlarni e’tiboringizga havola etamiz!!!

 

Faxriniso

Foto:MaxSher

Поделиться:

Оставить ответ