Mariya Sharapova boy sportchilarning 20 taligiga kirdi


Категория: NEWS

Мария_Шарапова_шокуз

Rossiya tennischisi Mariya Sharapova Forbes jurnaliga ko’ra o’n yillikdagi eng boy sportchilarning 20 taligi qatorida 18-o’rinni egalladi. Bu haqida nashrning rasmiy sayti xabar bermoqda. Oxirgi o’n yil mobaynida 28 yosh bo’lgan sportchi 250 million dollar ishlab topgan va reytingda 18-o’rinni ishg’ol qildi. Reytingning eng yuqori pog’onasini ko’rsatilgan muddat davomida 845 million dollar ishlagan amerikalik golfchi Tayger Vuds band etib turibdi. Ikkinchi o’rinda esa bokschi Floyd Meyuezer (660 million dollar), 3-o’rinda basketbolchi Kobi Brayant (475 million dollar) egallagan. Shu bilan birga bu yigirmatalikdan Debron Jeyms ( 472 million dollar), golfchi Fil Mikelson (468 million dollar), tennischi Rojer Federer (455 million dollar), futbolchi Devid Bexam (441 million dollar), bokschi Menni Pokyao (432 million dollar), futbolchi Kristiano Ronaldo (407 million dollar) va Lionel Messi (350 million dollar)lar ham kiritilgan.

Faxriniso

Поделиться:

Оставить ответ