Manzuraning albom taqdimotida kutilmagan savol egasi Dilshodbek Kattabekov bo’ldi


Категория: FOTOREPORTAJ

IMG_6127

6-may sanasida Toshkent shahrida joylashgan «Discovery» do’konida xonanda Manzuraning va’da qilingan yangi «O’ngimda ko’ray» deb nomlangan albomining taqdimoti bo’lib o’tdi.  Albom disklarida mp3 lar to’plami,  «Konsert-2015″ va benazir kliplar ham joy olgan. Taqdimotga Manzuraning do’stlari, yaqinlari, kasbdoshlari, muxlislari va ommaviy axborot vositalari tashrif buyurishdi. Taqdimot marosimida iqtidorli aktrisa Feruza Sobitova boshlovchilik qilishdek muhim vazifani ado etdi. Xonandaning kasbdoshlaridan Iroda Dilroz, Dilshodbek Kattabekov, Oybek&Nigora duetidan Oybek, Samandar Hamroqulov, hamda Shahzodaning konsertida ishtirok etayotganiga qaramay Ulug’bek Rahmatullayev ham xonandani bunday katta yutuq, «O’ngimda ko’ray» nomli albom taqdimoti bilan tabriklagani tashrif buyurdilar. Manzuraning ashaddiy muxlislarini qamrab olgan rasmiy fan clubi chiroyli guldasta bilan tashrif buyurib, bunday ma’suliyatli kunda sevimli xonandalariga yelkamadosh turib, har tarafdan qo’llab quvvatladilar.

IMG_6084

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Taqdimot marosimida xonanda muxlislarga dasxat qo’yib berib, birga ular bilan suratlarga tushdi, hamda u tomon yo’llangan barcha savollarga javob berdi. Eng ajoyib va kutilmagan savol egasi Dilshodbek Kattabekov bo’ldi. U xonanda bilan birga duet kuylashni taklif qilganida Manzura buni rad etmay, ha deb javob berdi.

IMG_6079 IMG_6073 IMG_6070 IMG_6097 IMG_6091 IMG_6089 IMG_6098 IMG_6088

Shu bilan birga do’stlikni qadrlagan Manzura Iroda Dilroz bilan do’stlik rishtalarini bog’lashganiga 20 yil bo’laganini aytib o’tdi. Albom taqdimoti kutilganidan ham a’lo darajada o’tdi. Manzuraga yanada yuksak parvozlarni tilab, sizlarni «Discovery» do’koniga chorlab qolamiz. Taqdimotdan olingan yorqin fotosuratlarni tomosha qiling. IMG_6086 IMG_6042 IMG_6024 IMG_6010 IMG_6007 IMG_5990 IMG_5986 IMG_5978 IMG_6128

Faxriniso

Foto:Ilhom Jumaev

Поделиться:

Оставить ответ


AIDA AIDA
07.05.2015

omadini bersin

JamshiD
10.05.2015

Videolar yomi. Taqdimot zo’r o’tdiii Omad.!!!

Sita
12.05.2015

Iroda Dilro’z opa sal o’ziga qarab kelmilami?