Manzura yangi klipini bilib turib o’g’irladimi?


Категория: TANQID
Untitled-3

Iste’dodli, hamisha o’zining noodatiy uslublari-yu, ijodiy yo’nalishi bilan ajralib turadigan xonanda Manzuraning yangi «Hayotim» nomli qo’shig’iga suratga olingan klip shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar, xalq tomonidan juda qattiq tanqidga uchrayapti.

V.BREJNEVA VA D.BALAN «LEPESKAMI SLYOZ» KLIPINI YOU TUBEDAN KO’RISH

MANZURA «HAYOTIM» KLIPINI YOU TUBEDAN KO’RISH

Untitled-4

Buning uchun albatta yetarli sabablar  bor. Muxlislar va o’zimizning fikrlarimizni umumlashtirga holda buni bayon etar ekanmiz klipni tomosha qilganingizda uning xotimasini hisobga olmaganda, deyarli har bir lavhasi xattoki dekoratsiyasigacha birma-bir Rossiya shou-biznesining ikki ko’zga ko’ringan ijodkorlari Vera Brejneva va Dan Balanning birgalikda kuylagan «Lepestkami slez» qo’shig’ining klipini yodimizga soladi.

Untitled-1

Xonandaning uyqudan uyg’onib yam-yashil maysaga oyog’ini qo’yishi, dekoratsiya va undagi oq ranglar.

Untitled-2

Manzura va uning partnyori aktyor Umid Iskandarovning klipdagi harakatlari, qizil gul yaproqlarining havoda, bosh qahramonlar atrofida aylanishi, dekoratsiyadagi atrofi mayda toshchalar bilan qoplangan ko’lmak va uning oldida bosh qahramonlarning bir-biriga bosh suyab o’tirishi bularning bari osha yuqorida aytganimizdek «Lepestkami slez» klipidan shundoqqina ko’chirib qo’yilgan. Lekin unda bir qancha tafovutlar yana farqlar ham mavjud. Klipda Manzura Vera Brejnevadan farqli o’laroq kalta emas, uzun ko’ylakda va bir-ikki kadrlarda kelinlik fatasi bilan ham namoyon bo’ladi. Hamda ikki klipning xotimi ikki xil ya’ni «Lepestkami slez» klipida Vera Brejneva ko’ma xolatiga tushib qolsa, Manzura esa homilador bo’ladi va klip oxirida baxtiyor oilani ko’rishimiz mumkin. Lekin shunday bo’lsa ham klipni ko’rganimizda voy bu «Lepestkami slez»ning xuddi o’ziku deb yuboramiz.

Untitled-5

Instagram tarmog’i orqali muxlislar ochiq oydin bu haqida Manzuraga izohlar qoldirishmoqda, bir-ikki muxlislar e’tiroz bildirganim uchun xonanda meni «cherniy spiska»ga qo’ydi degan gaplarni ham eshityapmiz. Ijod va g’oyalar erkinligiga eshiklar ochilib berilib, ko’p imkoniyatlar yaratilayotgan bir paytda bu kabi ko’r-ko’rona o’g’riliklar ko’pchilikning e’tiroziga sabab bo’lyabdi. Shuning uchun san’at  ahliga faqatgina original, o’g’irlanmagan, eng sara ijod namunalarini so’rab murojaat qilib qolamiz.

Поделиться:

Оставить ответ


Dilshod
18.06.2015

Gulsanam bn ummon haqidagi maqolalarin qani nima urishdilarmi

Fazliddin
19.06.2015

Lanati moldovanla
Ôgrlawbdi

shoh
19.06.2015

Voo xuddi ôzi

Dilshod
20.06.2015

Manzura o’g’rimisiz?

Farida
21.06.2015

voy kopiyayu klip vuxaxaxa manzura jinniromi shunaqayam bir biriga oxshagan klip oladimi rejiorlar bilan kamerachiuni ko’zi qattedi

Zerochka
21.06.2015

EEEEEE NIMA BO’SAYAM MEN MANZURAGA OMAD TILAYMAN O’XSHASA NIMA QIBDI ODAMLARGA GAP BO’SA BO’LDI (TIRNOQ ICHIDAN KIR QIDIRADI) BIR XILARNI QO’LIDAN SHUYAM KEGANI YO’QKU XMMMMMMMMM

MaCHo
24.06.2015

To’pa to’ri cho’tki xammasi shu klip ashulagayam million ketgan o’zini puli ketmagande odamlani gapirvuradi zo’r xammasi omad!

Nortoy
24.06.2015

Boplapdi

Doston
02.07.2015

shok.uz nega birovlarni mehnatini qoralab chiqarasizlar u clip ni stili birxil uzi birxilmasku!!!!!!!!! shuncha qilingan mexnat sarf xarajat qilgan insonga nega beshavqat bo’lasilar

Guli
10.07.2015

Skok.uz birolani nomini qoralab ciqvotgani yoqku tavba odamlar u klip haqida qanday fikirda va qanchali tanqind qiliwayotgani bizaga habar beriwvotti holos. BU sayt o’z nomi bn shok.uz shok narsalani olib chiqiwadide. Shok.uz ga omad)

komo
10.07.2015

Man va mani urtogim Manzuni rossa hurmat qilardik, dalshe hurmat qilamiza, bu ugirlikmas, prosta pulli qatga ishlatishni bilme, ermak uchun uziga yoqqan klipdan dublikat olgan holos

o'zbek o'ziga bek
12.07.2015

eeey yaxshimas