Lola «Yaralangan qanot» klip premyerasi. Lola yana yangi qiyofada


Категория: KLIP
Lola

«Yaralangan qanot»nomli, Lolaning o’zi aytganda «butkul xalqona» bo’lgan ijod mahsuli, mana bir necha oydirki, muxlislarning tilidan tushmay kelmoqda. Tarona uchun klip suratga olinishi aytilgan ondan boshlab, tayyor bo’lguniga qadar muxlislarni juda ilhaq qilgan ijod namunasi mana bugun e’tiboringizga havola etiladi. O’zida juda katta ma’no mazmunni jo etgan taronaning klipi ham o’zi kabi sermazmun.

KLIPNI YOU TUBE DAN KO’RISH

KLIPNI MY TUBE DAN KO’RISH

KLIPNI MP4 FORMATDA KO’CHIRISH

KLIPNI 3GP FORMATDA KO’CHIRISH

 Ilohim hech bir qiz va otaning boshiga bunday ko’rgulikni, aldanib qolishni, boshi ham bo’lishni va qalbda chuqur bir kemtik bilan yashashni yo’liqtirmasin. Shu bilan birga klip sevgidan sarmast bo’lib yurgan qizlarni ogohlikka chorlaydi. Umuman olib qaraydigan bo’lsak, mukammal kompozitsiya. Aktyorlarning bunday dard to’la nigohlar ila ijro etgan rollari har bir insonni jumbushga keltiradi. Yulduz

Ayniqsa aktrisa Yulduz Rajabovaning nigohlari ila gavdalantirgan qahramoni yurakning tub-tubigacha yetib boradi. Lekin klipning sahnalari Turkiya kino ijodkorlari tomonidan tasvirga olingan «Su ve ates» (Suv va olov) nomli badiiy filmdagi lavhalarni yodga solib yuboradi va o’sha filmning syujetlari takrorlangandek. Biz ham xayratlanib, klipni turk filmidagi lavhalar asosida suratga oldingizmi deya so’raganimizda.

Lola 1

Lola:» Bilamayman, klip tanlov asosida tanlangan eng yaxshi ssenariy asosida suratga olingan. Uni pochtaga bir muxlis yigit yozib yuborgan edi va biz uni tanlab, suratga olish jarayonlariga taklif etdik», deya javob berdi. Nima bo’lgan taqdirda ham video ketma-ketlik mukammal ijod mahsuli. Marhamat beqiyos klipni miriqib tomosha qiling.

Поделиться:

Оставить ответ