Lola sharafli ishni o’z zimmasiga oldi!


Категория: FOTOREPORTAJ, NEWS
1

Тoshkent, 2014 yil 28 noyabr – BMT Bolalar jamg’armasi (UNICEF)ning Ơzbekistondagi vakolatxonasi “Dunyo bolalarining ahvoli — Kelajak haqidagi tasavvuringizni ơzgartiring: innovasilar har bir bola uchun” nomli hisobotni hamda “IMAGINE” kompaniyasini rasmiy taqdim etish uchun brifing ơtkazdi. UNICEF ning ushbu hisoboti dunyo miqyosida 2014 yil 20 noyabr kuni, ya’ni butun jahonda Bola huquqlari tơg’risidagi konvensi (BHK)ning 25 yilligi nishonlangan kunda rasmiy ravishda taqdim etilgan edi.

3

Hisobot raqamli kơrinishdagi axborot manbai (http://sowc2015.unicef.org) bơlib, unda muammolarni hal etishning yangi uslublari – kơpincha mahalliy hamjamiyatlar yoki yoshlarning ơzlari tomonidan taklif etilgani holda – qanday qilib dunyodagi millionlab bolalar BHKda bayon etilgan ơz huquqlaridan foydalanishlariga tơsqinlik qilayotgan tengsizlikni kamaytirishi mumkinligi kơrsatib berilgan. Hisobotda dunyoning turli qismlaridagi, turli yoshdagi ixtirochilar tơg’risidagi hikoyalar keltirilgan. Ularning kơpchiligi bolalar bơlib, ularning ixtirolari bir qator muammolarni hal etishga yordam berad. Ushbu innovasiyalar texnologiyalar sohasidagi yutuq’lardan tortib to ijtimoiy, madaniy va tashkiliy jabhalarda taklif etilayotgan yangi uslublarni qamrab oladi. “Bola huquqlari tơg’risidagi konvensiyaning 25 yilligi nishonlanayotgan paytda UNICEF innovasiyalar dunyodagi har bir bolaga yordam berishi uchun ularni zudlik bilan ishga solish kerak deb hisoblaydi,” — deydi UNICEFning Ơzbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Robert Fuderich. “Hisobot hukumatlar, xususiy sektor, faollar va hamjamiyatlar ơzaro hamkorlik qilishlariga va bu orqali bolalar muammolarini hal etishning yangi uslublarini ishlab chiqish hamda mahalliy ixtirochilarning eng yaxshi g’oyalari tadbiq etilishiga yơl ochishga chorlaydi”. Ơz navbatida UNICEF innovasion fikrlashni namoyish etgan holda, 2014 yil 20 no yar kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida jonli ijro orqali IMAGINE (Tasavvur qil) global kompaniyasini e’lon qildi. IMAGINE kompaniyasi dunyoga mashhur qơshiqchilar tomonidan taqdim etilgan bơlib, u Jon Lenonning eng ilhombaxsh qơshig’i asosida tayyorlangan va dunyo miqyosidagi BHK@ 25 bayram tantanalarining hamrohi bơladi.

6

Ushbu tashabbus ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarning e’tiborini BHKning 25 yilligiga jalb tish hamda butun Jamiyatning barcha qatlamlariga mansub bơlgan imkon qadar kơp insonlar dasturiy ilovadan foydalangan holda “Imagine” qơshig’ining ơz ijrolaridagi nusxasini yozishlari va uni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirishlari mumkin. Bu orqali ular ơz muxlislari, dơstlari va oilalarini ularga ergashishga chorlaydilar. Bundan tashqari ular bolalar uchun yanada yaxshi kelajakni qanday tasavvur qilishlarini bir gap yordamida bayon etishlari takif etiladi. Bugungi kunda dasturiy ilova faqat iPad va iPhone uchun mavjud bơlib, UNICEF uning boshqa platformalarda ishlashini ta’minlashga harakat qilmoqda.

2

Ơzbekistonning estrada yulduzlari Nasiba Abdullaeva, Lola Ahmedova va Lola Yuldasheva IMAGINE video lavhalarini tayyorladilar va bu orqali kampaniyaga qơshildilar. Lola Yuldasheva shuningdek ommaviy axborot vositalariga “Imagine” qơshig’iga UNICEFning Ơzbekistondagi vakolatxonasi kơmagida videoklip olish niyatida ekanlgini bildirdi. Mahalliy bozorda ijtimoiy mas’ul biznes konsepsiyasini ilgari surayotgan UCELL mobil operatori Ơzbekistonda IMAGINE kampaniyasini qơllab-quvvatlashi brifingda e’lon qilindi.

5

Bolalar va kattalar ơz murojaatlarini global media platformalariga yuklashlari uchun mobil operatori kommunikasiyalar bơyicha yordam kơrsatadi. UNICEF tomonidan Toshkent shahrida va viloyatlarda tashkil etilgan IMAGINE yozish punktlarida mobil operator zarur jihoz va Internet tarmog’iga ega bơlish imkonini yaratib beradi. Shu yơsinda UCELL jahon hamjamiyati bilan birdamligini namoyish etadi va bola huquqlarini ilgari surishga ơz hissasini qơshadi.

Ma’lumotlar www.unicef.uz saytidan foydalanildi

Поделиться:

Оставить ответ