Lola «Sevgimsan» klipida kayf qilib kuyladi.


Категория: KLIP
Lola

Uzoq kutilgan videoklipning eksklyuziv premyerasini saytimiz orqali e’tiboringizga havola etamiz. Va nihoyat muxlislarni intiqib kutgan, latofatli Lolaning “Sevgimsan” nomli taronasiga ishlangan klip tayyor bo’ldi. Mukammal ijod namunasini taqdim etish uchun, o’z ishining chinakam fidoiylari ancha vaqt qattiq mehnat qilishgani shundoq klipda namoyon bo’lgan. Klipning tasvirga olish jarayonlari 15 va 16-oktyabr kunlari “O’zbekfilm” pavilyonida bo’lib o’tdi. Rejissyor va operator: Yodgor Nosirov, grafika rejissyori : Arabshoyev Davlat, stilistlar: Renata Iskandarova va Bazarova Madina, grim ustalari : Yekaterina Seryakova va Sagitova Anna, liboslar bo’yicha rassom: Hilola Sher, dizayner: Zulfiya Sulton, vizajist: Timonina Diana, dekorator-rassom: Pulatov Husan. Bosh rollarni Lolaning o’zi va klip uchun maxsus taklif etilgan sirli aktyor ijro etishgan. Klipda har bir detalga jiddiy e’tibor berilgani va original tarzdagi mahsulni taqdim etish istagida alohida harakat qilganlari ko’rinib turibdi. Sevgi shoh-u gadoni tanlamaydi, sevgining ko’zi ko’r bo’ladi yoki muhabbat ming bir dardga davo qabilidagi gaplarning isbotini ijodkorlar klip orqali mohirona ko’rsatib berishgan. Lekin  «Sohibjamol va Mahluq» multfilmni ham eslatsa kerak. 


KLIPNI YOU TUBE DAN KO’RISH

KLIPNI MP4 FORMATDA KO’CHIRISH

 Lolaning stiliga esa har doimgidek lol qolish mumkin. U yana bir muvaffaqiyatli ijod namunasini taqdim etishning uddasidan chiqdi. Videoda Lolaning partnyorini kim ekanligini esa klipni tomosha qilganda bilib olasiz. Marhamat miriqib tomosha qiling. Siz muhlislar o’z fikrlaringizni izoh sifatida qoldirishingiz mumkin.

Поделиться:

Оставить ответ


Davlat
13.12.2015

lolaga ql kirmaptiyu yan ochib yotiptiyu hamma joyini

Jasur
15.12.2015

Ashulaga gap yoq. Muzika vawwe. spasiba LOLA

Pari
18.12.2015

litsenzyani umuman bermaslik kereydi Lolaga yana boshlagan…

Nilufar
19.12.2015

Lolani sevaaaamaaaan! Klipga gap yoooooooo. Awaliiiim omaaaad.

Asrorbek
21.12.2015

Klass