Lola ovozini turli xil o’zgartirib, ertak qahramonlarining obraziga kirdi


Категория: NEWS

image-29-12-16-11-51-5 copy

Har taraflama mukammal, izlanuvchan va latofatli Lola kuni kecha yana bir mas’uliyatli imtihondan muvaffaqiyatli o’tdi. Xabar berganimizdek, poytaxtimixning Markaz-1 dahasida joylashgan “Kitob olami” nomli kitoblar do’konida, xonandaning “12 oy” nomli audiokitobining jajji kitobxonlar uchun taqdimoti bo’lib o’tdi. Lolaning ijodiga befarq bo’lmagan va kitobxon bolajonlar hamda ularning ota-onalari bayram arafasidagi bunday zavqli lahzalarni xonanda bilan birga his qilish va farzandlariga quvonch baxsh etish uchun tashrif buyurdilar.  image-29-12-16-11-51-1 copy

Ayniqsa, kitobxon va zukko bolajonlarning soni ko’p edi. Taqdim marosimi chindan ham kutilganidek ertaknamo tus oldi. Marosimda tashrif buyurganlar uchun atayin joylar tashkil qilingan bo’lib, hamma avvalo xonanda mutolaasida ajib bir ertakni tingladilar. Hozirda ikki nafar farzandning onasi va o’zi ham bolalarcha beg’ubor bo’lgan Lola ovozini turli xil o’zgartirib, ertak qahramonlarining obraziga kirib shunday chiroyli va quloqqa yoqimli qilib o’qib berdiki, hamma bor vujudi bilan ertakni oxirigacha tingladi. Shundan so’ng esa Lola bolajonlar bilan turli savol-javoblar o’tkazib, bolalarning bilimini tekshirdi. ’12 oy” deb nomlangan audio kitob esa tashrif buyurgan barcha bolajonlarga bepul sovg’a qilindi va Lola deyarli ularning bariga shaxsiy imzosini muxrladi. 

image-29-12-16-11-51 copy

Bu hali hammasi emas shu bilan birga “Erkatoy” bolalar o’yinchoq do’konidan keltirilgan maxsus sovg’alar ham bolajonlarga taqdim etildi. Taqdimot marosimiga “Frozen” multfilmining bosh qahramonlari Elza va Olf ham tashrif buyurgan bo’lib, ular bolajonlar bilan turli interaktiv o’yinlar o’tkazdilar. Bayramga xonandaning ikki farzandi Shaxina va Shohdiyor ham tashrif buyurgan bo’lib, ular ayniqsa miriqib raqsga tushib boshqa bolalarni ham raqs maydoniga chorladilar. 

image-29-12-16-11-51-2 copy

Tadbir so’nggida kimki xonanda bilan suratga tushishni istagan bo’lsa, hech birini rad etmay ular bilan fotosessiya o’tkazdi. Bunday muhim kunda Lolani qutlash uchun dizayner Zulfiya Sulton tashrif buyurdi. “12 oy” nomli audio kitobning taqdimot marosimi nihoyatda a’lo darajada o’tdi, ayniqsa bolajonlar uchun. 

image-29-12-16-11-51-3 copy

Eshitishimizga qaraganda Lola litsenziyasini qaytarib olibdi. Buning uchun nihoyatda quvondik, samarali yil yakunidagi bunday muvaffaqiyatlar bilan Lolani chin qalbdan tabriklaymiz. 

image-29-12-16-11-51-4 copy

Поделиться:

Оставить ответ