«Ko’ngil odamlari» konserti


Категория: FOTOREPORTAJ

 IMG_8033

24 fevral kuni «Istiqlol» san’at saroyida O’zbekiston xalq artisti Zulayxo Boyxonovaning navbatdagi konsert boshlandi. Fotoapparatni olib darrov saroy tomon oshiqdiq.Saroy atrofi muxlislar bilan gavjum. Chiptalar allaqachon «qo’lga» o’tib ketgan. Narxlari ham «osmon». Demak, Boyxonova shunga arziydiki, odamlar ustama haqqiga qaramay «qora bozor»dagi chiptalarni indamay sotib olishmoqda. Ayrimlaridan «Kassadan olmaysizmi?» deb so’rasam, kech qolishganini kassada biletlar qolmaganligini aytishdi. Sodda odamlarey, qo’shimcha ham qilib qo’yishadi» — Uka, viloyatdan kelganmiz. Avvalroq kelib bilet olib ketganimizda ham baribir shu narxga to’g’ri kelardi-da  deb…

IMG_8246

 Xullas,  konsert boshlanishidan oldin tinimsiz olqishlar bo’lavergach, parda ochilib, dasturni O’zbekiston xalq artisti, professor Abduxoshim Ismoilov o’zining gijjak sadolari bilan ochib berdi. Unga Zulayxo xonimning qo’shig’i ulanib ketdi. Birinchi qo’shiqdan keyinoq xonanda samimiylik ila salom berib, «Assalomu alaykum! Qo’shiqlarni chertib-chertib tinglaydigan, sara qo’shiqlarni sevadigan, ko’ngil odamlari!» deya salomlashdi. Uning so’zlariga ko’ra uning konserti ko’ngil odamlari uchun ekan.

IMG_8037

IMG_8038

IMG_8027

Zulayxoning liboslari va imidji ham o’ta did bilan tayyorlangan. Nafis va nazokatli. Liboslarni Dildora Qosimova, soch turmagi va makiyajni Artyom Drobushev tayyorlagan. Ortiqcha zebu ziynat va buyoqlarni ko’rmaysiz. Yoshiga mos.  Xonanda muxlislarga qarab «Liboslarim yoqqan bo’lsa bemalol tikdirishingiz mumkin qimmat emas» deya gapirib o’tdi. 

IMG_8063

Ketma-ket tortiq etilgan qo’shiqlar haqiqatdanda chertib saralangan ijod namunalari edi. Asosan, har bir qo’shig’ini aytishdan oldin xonanda sherlar o’qidi. O’sha qo’shiqlarini eng ta’sirli qismlarini ifodali tarzda o’qib keyingina qo’shiqlarini kuyladi. Yangi qo’shiqlari ko’p, ular orasida xit bo’lishi kutilayotganlari anchagina.

IMG_8067

 «O’xshatolmadim», «Mexribon onang bo’lsa», «Koshki», «Ayolni sev», «Olcha guli», «Jonim manim», «Ko’nglingizga kirib oldim» kabi qo’shiqlar shular jumlasidan. Xonanda o’z jiyani,  singlisining qizi maktab yoshidagi Afruza bilan qo’shiq kuylab beraman uning maxoratiga baxo berasiz deganida hamma kichgina qiz ham qo’shiq aytar ekanda deb o’yladi. Ammo, u qiz  dutor chalib xolasini qo’shigiga zeb berib turdi. Milliy cholg’uimizni yaxshigina «sayratdi».  Xonandani qo’shiqlarini tinglar ekanman, ayrim joylarida bir necha marotaba namangancha shira va shevani kuzatdim.

IMG_8088

 Dastur davomida xonanda qiziqchiyu masxarabozlarni yoki shogird xonandalarni taklif etmagan. Boshlovchi ham yo’q. O’zi o’nta boshlovchidan afzal tarzda o’tkaza oldi. Samimiylik va namangancha shirin sheva aralash gapirarkan muxlislar bilan jonli muloqotni uzmadi. Kishini zeriktirmadi.

IMG_8102 IMG_8106

Birinchi blokdan so’ng xalq artisti Erkin Komilov tarbiyaviy ahamiyatga ega «Ona » monologini o’qidi. Asosiy mehmon ham u xolos.

IMG_8110 IMG_8114

Ikkinchi blok tugashida esa Abduxoshim Ismoilovning g’ijjagi «sayradi». Odamlar qichqirig’i va baqirig’idan, kuyga mast bo’lib tebranib olqishlashlaridan «Istiqlol»  bir «silkinib» oldi.

IMG_8121   IMG_8159 IMG_8166 IMG_8169 IMG_8178 IMG_8197

Konsert nihoyasiga yetganini aytib endi xayrldashmoqchi bo’lishganida zalda o’tirgan muhlislar  birdaniga baqirishdi. «Yana bo’lsin! Tugatmaysiz!!! » deb olqish chalib o’tiraverishgach, Abduxoshim aka mikrafonni Zulayxodan olib  «Xali vaqt erta! «Xay -xay»ni ayt, «Gar sog’insam»ni, «Rashk»ni, «Sog’inib kutganmisan»ni aytib ber! Nima ketadi sandan!» deb muhlislar tomoniga o’tib oldi.

IMG_8207

Ana olqishu, mana olqish. Tinimsiz qichqiriqlar, ko’z yoshlari bilan muhlislar xonandaning «javoxir» qo’shiqlarini tinglashdi, mirikib raqsga tushishdi. E’tibor bersam, ssenariydan tashqari naqd o’nga yaqin xit qo’shiqlarini aytib berdi.

IMG_8158(1)

 Shunda ham odamlar turgisi va xayrlashgisi kelmadi. Ora sirada xatlar uzatishdi. Xatlaridan iltimos qilib so’rashgan ashulalarini kuylab berdi. Xullas, kutilmagan konsert, ajoyib o’tdi. Mazza qildik. Menimcha qimmatiga qaramay chipta sotib olgan muhlislar adashishmadi.

 

Yodgorbek YuKSAL

Foto: Art Studio.uz

Поделиться:

13 комментариев на «“«Ko’ngil odamlari» konserti”»

  1. nargiza:

    qansert yahshi boganga ohshavotti http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_good.giflaziza opa UMMONdan ham intervyu olin iltimos ular haqida ummuman yangili eshitme qoydik http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_cry.giftezro olilar shok.uz oldindan rahmathttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_heart.gif

  2. www:

    plasaticheskiy operatsiyani kuchini karelar.kildiribdi turkiyeda lekin tan omayapti ekaaaaannnnnnn kaysidir saytlarda kurdim nomini aytsam baribir ***** kilip koyasilaaaaar shok.uzzzzzzzzz

  3. nargiza:

    ha yoqadi kamola honnn

  4. nargiza:

    zulayho boyhonovani koylaklari birhilu boshqacharogidanam kiymaptida

  5. АКБАР:

    лифтдагинияам йозилар шок уз видиосини койилар бир шока тушелик

  6. jasmin:

    Liftdagi tuhbat zulayho bunday ayol emas yaxshiroq bilganizda bunday uslamasdiz insonlar

  7. jasmin:

    Zulayxo Boyxonova haqida no’rin so’zlar yozmanglar iltimos u kishi hayotimdagi qadrli insonlardan biri u kishi meni tanimasalarda men u kishini qadrlayman uni xafa qilganlar eng oliy jazoga munosib

  8. jasmin:

    zulayho boyxonova o’zingizni asrang ijodizga omad yangi taronalar yaratishingizda ham omad siz juda go’zalsiz shuni bilasizmi

  9. jasmin:

    sizga tabassum hamda yuz mimkalariz qo’l harakatlariz jozibali

  10. jasmin:

    zulayho boyxonovani telefon raqamlarini topishimga yordamlashvoringlar

  11. jasmin:

    zulayho boyxonovani telefon raqamlarini topishimga yordamlashvoringlar iltimos

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_bye.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_good.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_negative.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_scratch.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_wacko.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_yahoo.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_cool.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_heart.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_rose.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_smile.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_whistle3.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_yes.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_cry.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_mail.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_sad.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_unsure.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_wink.gif