Jonli ijroni xush ko’ruvchilar uchun!


Категория: NEWS
photo_2015-04-02_12-30-21

Chinakam san’at ixlosmandlari va jonli ijroni xush ko’ruvchi barcha-barcha «Vokrug sveta» nomli vokal studiyasining «Music Drive» nomli konsert dasturiga taklif qilinadi. Konsert 5-aprel soat 14:00 da Ichki Ishlar Madaniyat saroyida bo’lib o’tadi (Chexov ko’chasi 5-uy). Konsertga kirish bepul. Konsert dasturida olti va undan katta yoshdagi bolalar faqatgina jonli ijroda kuylaydilar. Shu bilan birga dasturga mehmon san’atkorlar ham tashrif buyurishlari kutilmoqda. Ularning kimligi hozircha sir. Konsertga tashrif buyursangiz o’zingiz barchasidan voqif bo’lasiz. Hammani konsert dasturida kutib qolamiz!

Faxriniso

Поделиться:

Оставить ответ


Kola
02.04.2015

Boramiz