Jasur Gaipov yangi raqsbop premyeralari bilan


Категория: MP3
Jasur Gaipov 2

«Jasur Gaipov san’atni tark etibdi», degan mish-mishlarga umuman quloq tutmang va yoki unuting. Xonanda qizg’in ijod bilan band va yana o’tli taronalari bilan lol qoldirishda davom etadi. Hozirda esa bir emas, naqd ikkita qo’shiqni e’tiboringizga havola etamiz. Qo’shiqlarning birinchisi «Mohitabonim» deb nomlanadi. Uning ijodida hali bunday qo’shiq bo’lmagan, ya’ni yangilik desak ham bo’ladi. Taronaning matni Bobur Umarovga tegishli, bu qo’shiq sevgi haqida kuylangan. Ayniqsa uning so’zlari qizlarga juda ham yoqib qolsa kerak. 

«MOHITABONIM» TARONASINI KO’CHIRISH

Jasur Gaipov 3

Navbatdagi tarona esa ingliz tilida kuylangan bo’lib, uni eshitiboq «Voy bu qo’shiq tanishku» deyishingiz tayin. Ha bunga to’la haqlisiz chunki ingliz tilida kuylangan qo’shiq avvalroq internet saytlarida premyera qilingan va ko’nglingizdan allaqachon joy olib ugurgan «Drop the beat» nomli taronaning aslida qo’shiqning matni N’zero ga tegishli bo’lib, uni  DJ Tenor remixga aylantirgan.

«DROP THE BEAT» TARONASINI KO’CHIRISH

Ikkala qo’shiqning ritmi nihoyatda yuqori, sho’x hamda raqsbop. Mazza qilib ichingizdagi bor g’uborni to’kib, raqsga tushishingiz mumkin. Marhamat birvarakayiga ikki taronadan bahramand bo’ling va endilikda Jasur Gaipovdan faqat eng sara qo’shiqlarni kutib qoling.

Поделиться:

Оставить ответ


AE
18.11.2015

Jasur gaipov malades patsan

Hafiza
18.11.2015

Saytilarda Jasur aktiv bo’p qoptimi

Akbar
18.11.2015

Yana boshlandimi har kuni ashula chiqazish

Guli
20.11.2015

mohitabonim qo’shig’i yoqdi manga shox ekan rostanam

Jalil
20.11.2015

Yahshiro klip osin undan ko’ra hadeb qo’shiq chiqazgandan ko’ra

Nigosh
24.11.2015

Saytilarda Gaipov faol bo’lib qoptimi?