Jasur Gaipov qo’shig’ini jonli kuyla va sovg’aga ega bo’l. Qani olg’a…


Категория: NEWS
Jasur Gaipov 1

O’zgacha yo’nalish bilan estradaga tashrif buyurib, ilk qo’shiqlaridanoq talaygina muxlislarni yig’ib olgan Jasur Gaipov hozir avvalgiga nisbatan ancha kamnamo bo’lib qolgan. Natijada bunday jimjitlikdan turli xil mish-mishlar ham kelib chiqmoqda. Jasur Gaipov san’atni tark etibdi endi qo’shiq kuylamas ekan yoki bo’lmasa u ijodini xorijda davom ettirar ekan va yana shunga o’xshash allambalo gaplar. Xonandaning o’zi bu haqida hali hech qayerda batafsil to’xtalib o’tmadi-yu, lekin xali san’atni tark etmaganga o’xshaydi va muxlislari uchun tun-u kun izlanishda. Hozirda internet orqali tanlovlar e’lon qilish urf bo’lib ketdi. O’zbek shou-biznesining bir qancha vakillari ham instagram ijtimoiy tarmog’i orqali nafaqat muxlislar balki ijodkorlar uchun ham tanlov e’lon qilib, unda o’zlarining qo’shiqlarini ijro etib videoselfie tarzida internetga joylashtirishlarini aytib o’tishgandi. Anglagan bo’lsangiz kerak, ijodkor Jasur Gaipov ham instagram ijtimoiy tarmog’i orqali tanlov e’lon qildi. Tanlovning sharti juda oson va unda qatnashish istagidagi barcha jalb etiladi. Xonandaning istalgan qo’shig’ini jonli ijroda kuylab, 15 soniya davom etadigan video olib, uni instagramga xonandani belgilagan holda #jasurgaipov hashtegiga yuklaysiz. Bundan tashqari mazkur videoni telegram orqali +99890 957 54 34 telefon raqamiga ham yuborishingiz kerak. G’olibni albatta xonandaning shaxsan o’zi aniqlaydi va unga Jasur Gaipov tomonidan Iphone 6S sovg’a topshiriladi. Bunday imkoniyatni qo’ldan boy bermay, o’z omadingizni sinab ko’ring. Ajab emas aynan siz tanlovning mutlaq g’olibi bo’larsiz.

Поделиться:

Оставить ответ


Komila
16.11.2015

Niam sovg’a qilishiga qarab etaman

Ahror
17.11.2015

Hammaga bersin sovg’ani puli ko’pu Jasurni

www
17.11.2015

Man instagramga qo’ydim man yutsam saytilarga chiqazaslarmi :)

Albert
30.11.2015

Jasur moshennikku, qancha odamlarni pulini olib bermay yuribdi. Shu aldoqchi iphone beradimi?