28 aprel kunidan boshlab, Hosila Rahimovaning 3 kunlik konsert dasturi boshlandi. Yomg’ir sharros yog’ayotganiga qaramay, “Istiqlol” san’at saroyini oldi odamlar bilan gavjum. Asosan viloyatli muxlislar uzoq yo’l bosib kelishgani sezildi. Chiptalar qolmagani bois, “qora bozor” avjida. Narxlar 150 ming sumga chiqib olgan. Kirolmay qolganlar anchagina edi. Konsert boshlandi, dekoratsiya ham, liboslar ham milliylikni maxkam “quchoqlab” olgan.
Yarim yalong’och liboslar yo’q! Repertuar ham ajoyib! Folk va milliy qo’shiqlar orasida xindcha retro ham bor. “Dorokina” ! Bu qo’shiq Hosilaning nola va ovozida yanada yoqimli. Ishoning zal gumburladi, larzaga keldi. “Istiqlol” balkonlari tushib, ag’anab ketishiga sal qoldi. Muxlislar mazza qilib o’ynadi, sakradi, yig’ladi.
Mexmon xonanda Abdumannon Raximovni ham chiqishlari muxlislar tomonidan iliq kutib olindi. “Dadasi”, “Alla qil sevgi”, “Ota”, “Amma keldi” kabi qator qo’shiqlari xit bo’lishi aniq.
“Istiqlol” ni larzaga solgan konsert. Xullas ikkinchi kundan ham fikrlarni kutib qoling. Ishonavering “Istiqlol’ bu kabi konsertni sog’ingandi. Keling, agar chipta topa olsangiz, miriqib dam olib ketasiz. Video yaqin kunlarda albatta “Shok News” ning yangi sonida.
Yodgorbek YUKSAL
Foto: Umid Sodiqov
shok news ni kutib kolamiz shok.uz
видиеони тезлатилааааа шокчилаааа кургим кепкети





