ICTWEEK Uzbekistan 2015 nomli axborot texnologiyalari ko’rgazmasi bo’lib o’tdi


Категория: NEWS
IMG_9067

15-16-17-sentabr kunlari poytaxtimizda joylashgan «Uzekspomarkaz» da «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ICTWEEK Uzbekistan 2015″ nomli axborot texnologiyalari ko’rgazmasi bo’lib o’tadi. Bugungi ko’rgazmaning ilk kuni ham minglab bu sohaga qiziquvchilarni bag’riga chorladi. Ko’rgazmada faoliyat olib borayotgan ko’p foydalanuvchili internet saytlar, internet provayderlari, Ucell, Beeline, Uzmobile, Perfectum Mobile kompaniyalari va yana boshqa ko’pgina kompaniyalar ishtirok etishdi.

IMG_9059

Shuningdek «Erava group» kompaniyasining oxirgi mahsulotlaridan biri bo’lgan shok.uz sayti ham ko’rgazmaning faol ishtirokchilaridan biriga aylandik. Ko’rgazma mobaynida tashrif buyurganlarning ko’pi bizni savollarga tutib, saytimizga qiziqish katta ekanligini ta’kidlab o’tishdi. Ular orasida eng ko’p berilgan savol saytimiz va Shaxzoda Muxamedova orasidagi mojaro hamda uning yakuni haqida bo’ldi. Albatta bu haqida ham tez kunlarda to’liq ma’lumotlarni taqdim etamiz. 

IMG_9064IMG_9061  IMG_9058 IMG_9046 IMG_9042 IMG_9026 IMG_9028 IMG_9032 IMG_9034 IMG_9035 IMG_9037 IMG_9022 IMG_9019 IMG_9015 IMG_9013

Agarda siz ham axborot texnologiyalariga qiziqadigan bo’lsangiz marhamat yana ikki kun davomida «Uzekspomarkaz»ga tashrif buyuring va o’zingizni qiziqtirgan savollarga javob oling.

Faxriniso

Поделиться:

Оставить ответ


Guli
15.09.2015

oooooooo shok.uz ko’tarilib ketipsilarmi. omad lekin

Farida
16.09.2015

yana qaysi saytlaar ishtirok etti