Hayotdagi ayyorlik «Yolg’on dunyo» filmida ham aks etgan


Категория: KINO PREMYERA
IMG_7648

Avvalgi maqolalarimizda ham ko’p bora ta’kidlanganidek 17-may kuni «Alisher Navoiy» kinosaroyida yosh rejissyor Ravshan Usmonovning «Yolg’on dunyo» nomli o’tkir syujetli dramasining premyerasi bo’lib o’tdi. Premyeraga film ijodkorlari, ko’plab san’at olamining vakillari va albatta muxlislar tashrif buyurdilar.

IMG_7580

Taqdimotga ijodkorlardan birinchi bo’lib film rejissyori, keyin bosh rol ijrochisi Kaniza tashrif buyurdi. Asta sekin boshqa ijodkorlar ham kela boshlashdi. Avval kinosaroy tashqarisida san’atkorlar ommaviy axborot vositalari uchun suratlarga tushdilar, intervyu berdilar, muxlislar ham sevimli ijodkorlari bilan suratga tushish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Kutilgan daqiqalar kelib film taqdimoti boshlandi.

IMG_7584IMG_7564IMG_7586  IMG_7589 IMG_7591 IMG_7596 IMG_7599 IMG_7601 IMG_7608 IMG_7612

Taqdimotni kinoaktrisa va «Kinolife» ko’rsatuvining boshlovchisi Nargiza Rahimova olib bordi va hammadan avval Kanizani sahnaga taklif etdi.

IMG_7617

Kaniza ijrosidagi go’zal taronadan so’ng film ijodkorlari birin-ketin sahnaga tashrif buyurdilar.

IMG_7633 IMG_7642 IMG_7660

Yana bosh rol ijrochisi xonanda Otabek Mutalxo’jayevning kinoda 7 marotaba rol ijro etishi ekan. Film ijodkorlari sahnada ekanligida muxlislar ularga juda ko’p guldastalar taqdim etdilar.Kaniza va Otabek Mutalxo’jayevning quchoqlari gullarga to’lib ketdi. Otabek Mutalxo’jayevning faol fan clubi premyerada ham uni har tomonlama qo’llab-quvvatlab turdilar. Fan club a’zolari xonandaga katta guldasta va sovg’a taqdim qildilar.

IMG_7666

Boshlovchi ularni tomoshabinlarga tanishtirib borar ekan film rejissyorining 21 yoshda ekanini va yosh bo’lishiga qaramasdan mana shunday katta ishga qo’l urganini alohida ta’kidlab o’tdi. Shu onda zalda qarsaklar tinmadi. Kinofilmda yosh san’atkorlar qatorida el ardog’idagi katta yoshdagi va xizmat ko’rsatgan aktyorlar ham rol ijro etishibdi, lekin negadir ularning ko’pchiligi filmning taqdimotiga tashrif buyurishmadi. So’z kino rejissyori Ravshan Usmonovga berilganda u eng avvalo onasiga tashakkurini izhor etdi. Ustozi Suhrob Hasanovni tilga olgan holda unga ham o’z minnaddorchiligiini bildirdi

IMG_7674 IMG_7675 IMG_7676 IMG_7678 IMG_7684 IMG_7689IMG_7671

Film ijodkorlari tanishtirilgandan so’ng Otabek Mutalxo’jayev film saundtrackini ijro etdi va fan club a’zolari mazza qilib raqsga tushdilar. «Yolg’on dunyo» filmi o’z nomi bilan atrofimizda aslida biz to’g’ri deb bilgan ishongan narsalar har doim ham to’g’ri bo’lmasligini, qattiq ishongan yaqinlarimiz pand  berishi mumkinligini, biz umuman o’ylamagan insonlarimiz bizga beminnat yordam qo’lini cho’zishi mumkinligini ta’sirchan lavhalar bilan tasvirlab bergan. Film davomida ham olqishlar bir zum tinmadi. Muxlislar olam-olam ijobiy taassurotlar bilan kinosaroyni tark etdilar. archa ijodkorlarni film muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz. Yosh kinorejissyor Ravshan Usmonovdan yana shunday betakror kinolarni kutib qolamiz. 

Faxriniso

Foto:Muzaffar

Поделиться:

Оставить ответ