Har kunimiz «Navro’z» bo’lsin!!! Barchamizga bayram muborak!


Категория: NEWS
e0f77f075b02

Ollohga shukurlar bo’lsinki, jannatmakon yurtimiz O’zbekistonda har bir fasl ayni o’z vaqtida tarovati bilan dillarni xushnud qiladi. Mana qishning qahraton va sovuq kunlaridan so’ng eson-omon bahorni ham qarshi oldik. Bahor fasllar kelinchagi, uyg’onish fasli, to’rt fasl ichra eng go’zali… Bahorda borliq yashilga burkanadi, har yerni gul tarovati egallaydi, qaldirg’ochlarning quvnoq ovozlari dillarni yayratadi. Bahorga kelgach bobo va buvijonlarimiz:»Mana yana bir bahorni qarshi oldik. Bunga yetganalar bor, yetmaganlar bor. Shu kunlarga yetkazganiga ming bora shukur»,- deb duoga qo’l ochar ekanlar hamisha «Yurt tinchligi, hayotimiz farovonligini» tilaydilar. Bahor bor tarovati va go’zalligi bilab tashrif buyuradi-yu, shu bilan bahoriy bayramlarning ham keti uzilmaydi. Bu bayramlar ichida nafaqat xalqimizning, balki butun O’rta Osiyo xalqlarining eng qadimiy, eng sevimli, eng chiroyli bo’lgani «Navro’z»dir. Bejizga » Har kuning Navro’z bo’lsin» deb aytilmaydi. Bu mo’jizaviy kun aslida o’tmishda «Yil boshi, Yangi yil» hisoblanib, «Yangi kun» degan ma’noni anglatadi. Navro’z bayramlar sarasi. Shu kuni yaqinlar diydor ko’rishadilar, barcha qo’lidan kelganicha savob ishlar qilishga intiladi, o’yin-kulgu bo’ladi, keksalar holidan xabar olinadi. Bular asrlar davomida shakllanib, sayqallanib kelayotgan urf-odatlarimizdir. Navro’zning intiqib kutilishiga yana bir sabab, shu kuni dasturxonlarimizdan milliy taomlarimiz joy olib, barcha qarindoshlar birgalikda ezgu niyat bilan «Sumalak» va «Halim» kabi milliy taomlarimizni tayyorlashadi. Biz ham aziz yurtdoshlarimiz va qardosh elatlarni «Navro’z» ayyomi balan chin qalbdan qutlaymiz. Hamisha tinchlik, farovonlik bo’lsin. Xonadonlarimizni fayz va baraka tark etmasin. Kimki diliga yaxshi axd qilgan bo’lsa, amalga oshsin. Yil davomida yaxshi kayfiyat, ezgu amal hamrohimiz tark etmasin. Har kunimiz Navro’z bo’lsin!!!

Faxriniso

Поделиться:

Оставить ответ


Mahmudxon
21.03.2015

Silada artislani toyi, oilaviy tushgan rasmlari kopku, instagramdi mashhur_yulduzlar_oilasi ga direktdan yuvorila silani, fotografilani otmetit’ qip qoyamiz

Opoqi
21.03.2015

Байрам муборе бусин

JONIBEK
21.03.2015

Shok.uz sumalak party bomidimi o’tkan yildaka