Gulsanam Mamazoitova va «Ummon» guruhi o’rtalarida qanday nizo o’tdi?


Категория: TANQID

DSC_0314 copy

Yoshlar orasida ommabop bo’lib borayotgan «MY5» kanali san’atkorlar bilan birgalikda bir necha yorqin teleloyihalarni namoyish etib kelmoqda. Shunday loyihalardan biri «Mening yurtim-mening faxrim» bo’lib, u biroz noodatiyligi va qamrovi juda kengligi bilan ajralib turadi.  Bilasiz bu loyihada san’atkorlarimiz duet tarzida, bir-birlarining, ustoz san’atkorlarining qo’shiqlarini yangicha sayqalda taqdim etadilar. Shu bugungacha bir nechta biroz kamyob bo’lib qolgan san’atkorlarimizni ham ayni shu yirik loyihada ko’rib quvondik. Ko’rsatuvning yangi sonlari tasvirga olinayotgan bir paytda, uning ijodkorlari hozirgi kundagi eng ko’p sonli muxlislarga ega bo’lgan «Ummon» guruhi hamda O’zbekiston Xalq artisti Gulsanam Mamazoitovaga «Samarqand» qo’shig’ini birga kuylash taklifini bildirganlarida «Ummon» guruhi rozi bo’lgan, Gulsanam Mamazoitova esa rad etibdi. Qiziq buning sababi nima ekan ularning yo’nalishlari o’zga-o’zga  desak, aksincha hozir bu tarzda qo’shiq kuylash ommalashgan. Yoki Xalq artisti guruh vakillarini hali yosh, tajriba esa nisbatan kamroq deb, birga duet aytishni xohlamayotganmikan? Lekin Xalq artisti unvoning sohibi aksincha yoshlar bilan ishlab, ularga yo’l-yo’rig’ ko’rsatishi kerak emasmi? Hozir ko’rib turganimizdek «Ummon» guruhi kun-sayin e’tiborga sazovor bo’lib kelyapti, balki Gulsanam Mamazoitova ular bilan  birga qo’shiq kuylaganlarida kutilmagan portlash bo’lar edi. Yoki bu xalq tilida aytganda «zvezdalik» belgisimikin? «Ummon» guruhining san’atini hurmat qilib, ular bilan duet kuylash istagidagi qo’shiqchilar ko’p. Guruh vakillari konsertmidami, loyihadami har doim nimadir, qandaydir yangilik olib kirishadi. Ulardan yana shunday odim qadamlarni kutib qolamiz. Gulsanam Mamazoitova «zvezdalik»ka qarshi immunitet hosil qilishning ayni payti kelibdi.

Поделиться:

18 responses to “Gulsanam Mamazoitova va «Ummon» guruhi o’rtalarida qanday nizo o’tdi?”

  1. Abror:

    Doim ummoni maqtaysizlar nega chunki konsertiga bilet beradi Gulsanam esa chaqirmaydi shungadir Bilmadim Shaxsiy fikr uzr

  2. Mira:

    Nimaga oz’ini oladibu Gulsanamxon xursand bo’medimi

  3. Sardor:

    Ummon Number One №1

  4. Doniyor:

    Bu ummonni kim ko’rgan to’yda yoki konsertiga jonli ijro etganini uni hammasi kampiyuterda taxlangan ovozlarku!!
    gulsanamni ularbilan bitta qo’shiqni bir hafta qayta qayta aytishga vaqtiham bo’lmasa kerak chunki kompiyuterda ovozni sozlash ancha vaqt talab qiladi.

  5. 777777777777:

    Ummon qo’shiqchi bo’lish uyoqda tursin odam emasku, eshakni ovozi ulardan yaxshi

  6. o'raqboy:

    gulsanam to’ppa tori qipti

  7. wicked:

    UMMON сузи билан санъатти умуман алокаси йук манимча. Олдин хам санъаткорлар санокли булган хозир хам. Колганлари тез бойиб кетишни хохлаганлар ёки машхурликка интилганлар.

  8. shohruh:

    Ummon Bluetooth orqali tanilgan,Gulsanam Mamazoitova esa sa’nati ovozi bilan tanilgan

  9. vodiy:

    Gulsanam sanatkorlar bilan duet aytadi.Ularni sanatkor deb bo’ladimi. Xalq ulardan nima oldi. Gulsanam rozi bolganda uyam aynibdi degan bo’lishardi.Ummonda Saviya degan narsa yoq.

  10. bek:

    ummon va ummonga oxshagan artistlar yoshlarni xulqini saviyasini tushiryapti xolos gulsanam tug`ri yul tutibdi

  11. umida:

    Gulsanamga kaysi koshigi uchun halk artisti berishgan tavba honim ozlaicha yilduz usmonva bolmokchi edi

  12. маржона:

    гулсанамни гийбат килгунча узларингни билинглар гулсанам фаррух раимов билан айтган кушигини гийбат килдиларинг энди уммон билан куйласа ундан батарини киласизлар шок.уз мас гийбат.уз куйип ол сайтингни номини

  13. SherZod:

    Ozini nabuncha kottta tutmasa bu Gulsanam

  14. Исожон:

    Гулсанам опа туғри йўл тутибтилар.

  15. Jamshid:

    Уммонда овоз, санъат умуман йўқлиги аниқ. Ҳатто қўшиқларини маъноси ҳам 0. Мисол учун «вафоли ёр қайлардасан кимлар билан». Қизиқ қайлардалиги ёки кимлар биланлиги маълум бўлмаган инсонни қандай қилиб «вафоли» дейиш мумкин. Менимча Гулсанам Мамазоитова шунинг учун бу таклифни рад этган.

  16. tashket:

    Ummon avval jonli aytsin bu filtirsiz,montajsiz bu ovozni eshitalar balki ummondi koklarga kotarakan bu qizlar va boshqalar balkim uz fikirlaridan qaytar.Ummondi muxlislarini man sanatni tushunmaydigon tupori olamon dep bilaman Agar siz gulsanamdi ijodiga bir nazar solsangiz,navoyiga borgan toyini korin 100%jonli kansertini koringalr eshitingal

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_bye.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_good.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_negative.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_scratch.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_wacko.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_yahoo.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_cool.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_heart.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_rose.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_smile.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_whistle3.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_yes.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_cry.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_mail.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_sad.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_unsure.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_wink.gif