Gala konsertni yorishdi


Категория: NEWS, SHOK VIDEOLAR
IMG_8705

Kuni kecha muhtasham “Istiqlol” san’at saroyida bir qancha mashhur yulduzlar ishtirokida bayram konsert dasturi bo’lib o’tdi. Dasturda G’iyos Boytoyev, Shohruhxon, Ravshan Komilov, Oybek Mirzayev, Botir Qodirov, Bahrom Nazarov, Ortiq Otajonov, Ulug’bek Rahmatullayev, Ziyoda, Vohidjon Isoqov, Farrux Komilov, Hojiakbar Nuriddinov va boshqalar o’zlarining diltortar taronalari bilan muxlislarni xushnud qilib, raqsga chorladilar va Yangi yil tabriklarini yo’llab qoldilar.

VIDEONI YOU TUBE DAN KO’RISH

IMG_8765

Konsertda, “Dizayn” jamoasi va qiziqchi hamda sport ustasi Valijon Shamsiyevlarning ishtiroki o’zgacha fayz va ko’tarinki kayfiyat baxsh etdi. Ular hazil-u mutoyibaga boy qiziq gaplari bilan zalni yorib yubordilar. Qarsaklar, hushtaklar-u, handon qah-qahalarning ovozi zal bo’ylab jaranglab ketdi. Konsertga tashrif buyurgan yurtdoshlarimiz hech ham afsuslanmay, kayfiyatlarini bayramona qilib sozlab oldilar.

IMG_8581

Saytimiz orqali muxlislariga yangi yil tabriklarini yo’llashini so’rab Shohruhxonga murojaat qilganimizda, u “shok.uz bilan urushib qolganman, intervyu bermayman”,- deya rad etdi. Uning to’yi haqida saytimizda yozganimiz uchun bizdan jaxli chiqqan edi. Bundan buyog’i haqiqatlarni ochiq-oydin aytish kerak ekan, biz ham loyihaga taklif qilganimizda uning adminstratori “birrov”ga oladigan pulini to’lashimizni so’raganini aytishni lozim deb topdik. Muxlislar bilan barhayot bo’lgan san’atkorlarning, ana shu muxlislari uchun ikki og’iz shirin so’zini ayagani ajablanarli hol. Yangi yil oldi barcha xafagarchilik va ginalarni unutish lozim edi shekili. Lekin hamma ham bunday hislatga ega bo’lmas ekanda. Bunchalar zo’rsiz Shohruhxon! Ha mayli, bu bizning va muxlislarning bayramoldi ko’tarinki kayfiyatoha aslo ta’sir o’tkazmaydi. Yaqinlashibgina qolgan yangi yil barchangizga muborak bo’lsin.

IMG_8671 IMG_8651 IMG_8737 IMG_8621 IMG_8596  IMG_8858 IMG_8848 IMG_8829 IMG_8796
Поделиться:

Оставить ответ