Fayzli o’tgan sumalak


Категория: FOTOREPORTAJ

IMG_2400

 Bahor go’zallik, uyg’onish fasli bo’lishi bilan bir qatorda ko’pgina milliy qadriyatlarimizni ham aynan shu mavsumda o’tkazamiz. Ulardan biri albatta sumalak pishirish marosimidir. Bu mavsumda o’zgalaridan farqli o’laroq yangilikka intiluvchan shou-biznes vakillarimizning o’zlari kabi tinib-tinchimas fan clublari «Sumalak marafoni»ni boshlab yuborishdi desak aslo adashmaymiz. Tashkil topganiga hali ko’p vaqt bo’lmagan bo’lsada, iste’dodli xonanda Sherzod Bekning rasmiy fan clubi bu marafonda yetakchilardan.

IMG_2401

28-mart kuni fan club Sherzod Bek va albatta ulug’ yoshdagi buvijonlarimiz boshchiligida sumalakdek ilohiy taomni tayyorlashni boshlab yuborishdi. Biz shok.uz sayti xodimlari ham bevosita bu jarayonning guvohi va ishtirokchisi bo’ldik. Darhaqiqat, bu ezgu ish uchun bel bog’lagan fan club a’zolari Sherzod Bek singari samimiy, quvnoq, xushchaqchaq, yaxshi suhbatdosh ekanlar.

IMG_2406 IMG_2418 IMG_2427 IMG_2428 IMG_2430

Tayyorlanishi uchun 1 kundan ortiqroq vaqtni talab etadigan sumalakni pishirish jarayoni o’ta zavqli va turfa xil ko’ngilochar o’yinlarga boy o’tdi. Xatto biz ham nima maqsadda kelganimizni unutib beixtiyor ular davrasiga oshiqdik. Birgalikda o’ynadik va kuldik. Sherzod Bekning jonli ijrolari sadosi ostida raqsga tushdik, birgalikda jo’r bo’lib kuyladik. Ayniqsa ko’pchilik bilan «Mafiya» o’yinini o’ynash jarayoni nihoyatda qiziqarli bo’ldi.

IMG_2437 IMG_2463

«Mango» guruhi va Sherzod Bek do’stlarining kutilmagan tashrifi kechaga yanada fayz kiritdi. Sherzod Bek va fan club a’zolari o’rtasidagi iliq munosabat, o’zaro samimiyat bizni lol qoldirdi. Zavqli kechamiz tongga ulandi. Biz ham vaqt bu ajoyib suhbatdoshlar davrasida qanday o’tganini bilmay qoldik. Va nihoyat tong otib kutilgan daqiqamiz keldi. Sumalakdagi tovus aksini ko’rib barcha quvondi, jamiki ezgu niyatlar ijobatini tilab barcha duoga qo’l ochar ekan,avvalo yurt tinchligini, xonadonlar osoyishtaligini tilagan xolda, Sherzod Bekning ijodlariga muvaffaqiyat, fan club a’zolariga va shok.uz saytiga omad tilashdi. Bir so’z bilan aytganda «sumalak» juda ajoyib o’tdi. Shok.uz sayti ham taklif uchun Sherzod Bek va ularning fan clublariga o’z minnatdorchiligimizni bildirib, kelgusi faoliyatlarida ham omad va zafarlar tilab qolamiz!

Faxriniso

 

 

Поделиться:

Оставить ответ


ngsafdvhdatfor
29.03.2014

shok.uzzzzzzzzzz video kaniiiiiiiiiii…..kiskacha busayam video kuyilar sumalakdannnnnnn…oldindan rahmattttthttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_yahoo.gifhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_yahoo.gifhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_yahoo.gif

ngsafdvhdatfor
29.03.2014

kimni uyida bupti sumalak fanklub azolarinikidan biridami yoki sherzodbeknikidami????????shok.uz bu novostini shoknews ga kushmasdan atdelna video lavha kililar kamida 1 soat lik iltimoooooooosssssshttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_yahoo.gif

Milashka-Mujik
30.03.2014

buncha saatkorlar kam bopti oldingi sumalakda shahzoda kegandi hamma sanatkorla bo’gandi Amirhon yog’ligi baribir bilinvotide dilshot bo’ganida hammassi zo’r bo’lardi hamma yulduzlar kelardi http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_negative.gif

Milashka-Mujik
31.03.2014

chunarli! qachok shok.uz sumalak qilmoqchi saytga elon qilaslar digan umidlarim bor bizham qatnashardik ushbu sumalakda sumalak ko’pchilik bilan taklif qilselar zo’r bo’lardi

Bek_Uzbekistan
01.04.2014

SHOK.Uz ham bitta SUMALAK tashkillashtirvorsa zo’r bo’lardi http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_good.gif

Fotima
31.03.2014

qalesila xamaga asalomu alekomu http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_bye.gifzor rasamla ciqibit lekin mango guruhi sevamanhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_heart.gif

Doston
31.03.2014

Shok.uz yangitdan saytilar ochilganidan keyin zo’r ishlavoslar. Oldin silarda ishlaydigan Amirxon hammani yomonlab o’zini yulduz deb bilardi. Uni vabwe odam qatoriga qowmastim lekin. Shok.uz hodimlari silarga omad

Bek_Uzbekistan
01.04.2014

Nimani rasmi chiqibdi ?

Просто Красавчик
02.04.2014

vooooooy laziza opa uzgarib ketvosizda siz ham mmmmmmmmmmm bob ketvosiz chiroyli gap yoq http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_rose.gifhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_rose.gif