«Shok News» dasturining 18 soni. Video!


Категория: SHOK NEWS

Shok News

Nihoyat siz orziqib kutgan «Shok news» dasturining 18-sonini e’tiboringizga havola etamiz. Bu safar ham bir-biridan qiziq xabarlar bilan sizlarni xursand qilamiz. Tayyormisiz??? Boshladik!

VIDEONI YOU TUBE DAN KO’RISH

VIDEONI MY TUBE DAN KO’RISH

VIDEONI SIFATLI FORMATDA KO’CHIRISH

VIDEONI TELEFON FORMATDA KO’CHIRISH (TAS IX)

VIDEONI 3GP FORMATDA KO’CHIRISH (TAS IX)

5

«Abror Hidoyatov» nomli o’zbek milliy teatri o’z repertuarini «Ming yillik hangoma» nomli yangi komediya janridagi spektakl bilan boyitdi. Shok.uz xodimlari aktrisa Feruza Normatovaning taklifiga binoan shu spektaklni tomosha qilish uchun teatr binosiga tashrif buyurdik. Darhaqiqat, tashrif buyurganimizdan hech afsuslanmadik. Aksincha jurnalistlarning ziddiyatlarga boy hayoti haqidagi teatrni tomosha qilib, o’z kasbimizga doir bir qancha kerakli narsalarni o’zashtirib oldik. Sizlarga ham hayotning achchiq-chuchugini ozginaga tark etib spektaklni ko’rishga tashrif buyurishingizni maslahat qilamiz. «Abror Hidoyatov» teatr jamoasidagi yana bir so’nggi yangiliklardan biri shuki, o’zbek kino san’atining sho’x-shaddot aktrisalaridan biri Sevara Soliyeva aynan shu teatrda o’z ish faoliyatini boshlabdi. Barakalla Sevara! Shu tarzda davom eting!

4

Kuni kecha yurtimizning muhtasham maskanlaridan biri «Istiqlol» san’at saroyida nomini eshitishingiz bilanoq yuzlarga kulgu ulashadigan «Million» jamoasining o’sha va’da qilingan konsert dasturi bo’lib o’tdi. Bu safargi konsert dasturi qo’shiriqlar, quvnoq sahnalar, yumorga boy tarzda bo’ldi. Ayniqsa, bu borada mashhur insonlarga qilingan taqlidlar va «Instagram» tarmog’idagi bir qancha fotosuratlarga berilgan ta’riflarni tilga olmay iloj yo’q. Konsert chindan-da ko’tarinki ruhda o’tdi va barcha miriqib kulib, dildagi barcha g’uborlarni unutib yuborgan bo’lsa ajab emas. Tabiiy holki konsert dasturi bu yil qanday o’tgani bilan qiziqyapsiz, u holda albatta videoni tomosha qiling.

3

Ha, aytganday xonanda Hosila Rahimovaning bu yilgi konsert dasturiga tashrif buyurdingizmi? Eh, attang siz ham «Istiqlol»ning balkonlari qulab tushishiga o’z hissangizni qo’shgan bo’lar edingiz. Ha mayli hechqisi yo’q. Xonanda konsertidan eksklyuziv videolavhalar faqat bizda «Shok news» ning 18-sonida ko’rishingiz mumkin.  Shu bilan birga uncha-muncha san’atkor hayiqadigan shok savollarga o’zbekning yangi To’marisi Hosila Rahimovadan javob olish imkoniyatiga ham egasiz.

2

Tinib-tinchimas xonanda Manzuradan yana bir yangilik. Faqat bu safar san’at borasida ema, mutlaqo boshqa sohada. 3-may sanasida «Manzura» boutiqueni ochilish marosimi bo’ldi. Qiziq xonanda nima uchun bu ishga bel bog’ladi ekan? Qiziqqanidanmi yo vaqti ko’pmikan? Nima bo’lganda ham unga hayotning har jabhasida omad yor bo’lishini tilaymiz. Sizlarni «Shok news»ning 18-sonini ko’rishga chorlaymiz.

1

Antiqa yo’nalishdagi kliplari  va o’zgacha uslubdagi qo’shiqlari bilan el ko’nglidan joy olgan Munisa Rizayeva o’z ustida tinimsiz izlanmoqda. Buning mahsuli o’laroq yaqin kunlarda e’tiboringizga havola etiladigan «Yorim» nomli qo’shig’iga suratga olingan klipni ko’rishingiz mumkin. Unda Munisa Rizayeva bir ema, bir necha obrazlarda namoyon bo’ladi. Shuningdek klipda Sardor Rahimxon va Otabek Mahkamovlarni ijrosini ko’rishingiz mumkin. Hozirdanoq klip syujetlari bilan qiziqyapsizmi? U holda «Shok news» ning 18-sonini tomosha qiling. Shou-biznes olamidagi eng so’nggi yangiliklardan muntazam boxabar bo’ling va «Shok news»ning navbatdagi sonlarini ham befarq qoldirmang!!!

111111111

Boshlovchining imidjini yaratgan stilist Anvarga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Faxriniso

Поделиться:

23 responses to “«Shok News» dasturining 18 soni. Video!”

  1. WWW:

    primerna 7 soatlar oldin youtubde silarni shokuz shok kanalilarda korib boldim munisa rizaevani yorim mp3 siga klipi vapshe dahshat chikibdiku premyerasini kutib kolamiz shok.uz dannnnnnhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_yahoo.gifhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_yahoo.gifhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_yahoo.gif

  2. WWW:

    shok.uz novosti kuyilaaaaaaaaaarrrrrr http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_yahoo.gifhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_yahoo.gifhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_yahoo.gifhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_yahoo.gif

  3. shoh UZB (shok.uz):

    Lazizia opa qaysi salonda tushdiz ani bolani ismi nima orqezda turgan Ismi i qaysi salonligini etvorin ??

  4. Hudoga shukur Admin yaxshi Radioni olib tashabsilar

  5. Aziza:

    Istiqlolda Millioni konserti yahwi bopti.Ming yilli hangoma spektakli sal bachkanorakan,Hosila Rahimova hindchani sindirib qoyibdi,
    Yodgorbek Yuksalli stillari bowqacha ozgarib ketibdila sevib qogan bosala kere aaaahttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_heart.gif
    Molodec Munisa klipi zor chiqishi uchun tiwlariniyam ayamagan, klippi syomkasi haqiqiy prikol
    Sardor Rahimhon kop ayol honandalani klipida chiqqan bu yengilimas uje
    ln klip rasa qizu bosa kere premerasini kutamza
    Shok.uzdagilaga rahmat yengili uchun

  6. WWW:

    shok.uz nimaga korin toydirish loyihelar chikme koydi adashmasam ohirgi marta parizoda marjona i aziz rametovlar b.n utkazilgandi

  7. Sevdoshka:

    Laziza buncha kop gapirasiz qilulariz ozizga yarshmidi shuni bilasmi?

  8. Mali:

    zoorrrrr Laziza

  9. shoh UZB (shok.uz):

    buncha —- bu chiroyli

  10. Aziza:

    Mevali darahtga doim tosh otiladi.Laziza u qilula bilan qizuro bosin dib harakat qiganla ,bomasa zerikarli bop qoladiyu.rasmiy gapiriwlari keremasi tekstdan yodlavob nabarot wu qizuro

  11. nargiza:

    silrdan bir iltimos ummon gurihidanam yangililar chiqarilar intervyularam olilar iltimos shok.uzhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_sad.gif

  12. nargiza:

    ummon haqida umuman yozme qoydilar yoki urishib qolganmisilar

  13. Islam:

    voooooy minisa awal bodila naturi uzgaribdilayu http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_heart.giflaziza opawka ham har doimgiday http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_heart.gif awal hayriyate munisa uzbek tilida gapirdila

  14. mehmon:

    vashe machkana o’ziga yaravotgani yo’q boshlovchini qiliqlari

  15. Skachat qilvotman ko’ramiz.

  16. nargiza:

    UMMON HAQIDA YOZASILARMI

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_bye.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_good.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_negative.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_scratch.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_wacko.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_yahoo.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_cool.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_heart.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_rose.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_smile.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_whistle3.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_yes.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_cry.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_mail.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_sad.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_unsure.gif 
http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_wink.gif