Dilso’z va Farruxning to’yidagi konsert


Категория: FOTOREPORTAJ
IMG_5769

21-aprel sanasida bir-birlariga nisbatan bo’lgan chin muhabbat tuyg’ularini oila rishtalari orqali mustahkamlagan shou-biznes olamining iste’dodli xonandalari Dilso’z va «Mango» guruhing a’zosi Farrux poytaxtimizda joylashgan «Charog’on» restoranida o’zlarining to’y oqshomlarini yor-u birodarlar, do’stlar davrasida tantanali ravishda o’tkazib oldilar. To’ydagi gap so’zlarga qaraganda Farrux “Mango” guruhini yana tark etib,yakkaxon ijodni boshlab yuboribdi. To’y haqiqatan ham «yulduzli» bo’ldi. Unga yangi oilaga baxt tilash istagida shou-biznes olamining deyarli barcha san’atkorlari tashrif buyurdilar.

IMG_5671 IMG_5400Visol oqshomida Akmal Mirzo va Shaxzoda Muxamedova boshlovchilik vazifasini a’lo darajada bajardilar.

 IMG_5408

To’yni Dilso’zning prodyuseri O’tkir aka o’z ijrosidagi qo’shiq bilan ikki yoshga baxt tilab, boshlab berdi. Ko’pchilik bundan hayron qoldi, lekin aslida O’tkir aka avvaldan xirgoyi qilib yurar ekan. IMG_5443 IMG_5521

Dilso’zning shou-biznes olamidagi dugonalari uning ko’pgina qo’shiqlarini popuri tarzida kuylashdi. Bir muddat Dilso’zning konsert dasturidagidek his qilish mumkin bo’ldi va restoran chin ma’noda raqs maydonchasiga aylandi.

IMG_5389

Shu kuni to’yni boshidan oxirigacha olib borish «Davr» guruhining zimmasiga yuklatilgan bo’lsa-da, tashrif buyurgan san’atkorlar ko’pligidan 2-3 ta qo’shiq bilan cheklanib qolishlariga to’g’ri keldi.

 IMG_6040

Dilso’zning ustozi va sevimli ijodkor xonanda Sardor Rahimxon xizmatda bo’lib, mezbonlik vazifasini a’lo darajada ado etdi.

IMG_5837

To’yga tashrif buyurgan Jahongir Otajonov jonli ijroda o’zining eng sevimli qo’shiqlarini kuyladi, uning qo’shiq sadolari ostida barcha raqsga tushdi.

IMG_5926 IMG_5923

Hozirgi kunlarda «Istiqlol» san’at saroyida navbatdagi konsert dasturini taqdim etayotgan O’zbekiston Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov bugun ham konsert dasturi bo’lishiga qaramay, konsertdan so’ng to’yga  tashrif buyurdi. Eng yaxshi tilak va istaklarini yangi qurilgan oilaga bildirib, qo’shiqlari guladastasini hadya etdi. Aynan Ozodbek Nazabekov kelgan payt to’yga kelgan ko’pchilik mehmonlar uni o’rab oldilar, kim suratga tushdi, kim tilaklarini bildirdi, hattoki uni noqulay vaziyatga solib, yuzidan ham o’pib olishdi.   IMG_5479 IMG_5466 IMG_5462 IMG_5403 IMG_5576 IMG_5572 IMG_5564 IMG_5561 IMG_5538 IMG_5535 IMG_5533 IMG_5580 IMG_5588 IMG_5597 IMG_5601 IMG_5610 IMG_5616 IMG_5625 IMG_5741 IMG_5723 IMG_5673 IMG_5672 IMG_5628 IMG_5657 IMG_5754 IMG_5767 IMG_5817 IMG_5821 IMG_5822 IMG_5913 IMG_5910 IMG_5906 IMG_5899 IMG_5885 IMG_5872 IMG_5849 IMG_5919 IMG_6015 IMG_6033 IMG_6038

To’y kutilganidan ham zo’r o’tdi. Farrux va Dilso’z juftligiga oilaviy baxt tilaymiz. Marhamat fotoreportajdan bahrmand bo’ling!

Faxriniso

Foto: Oybek Kamilov

Поделиться:

Оставить ответ


sogdi
22.04.2015

vopwe zor qoyil

Munis
22.04.2015

Farrux yana chiqib kettimi Mangodan o’zi shu ikkalasi rosa pismu hich kimmi chiqishtirishmidi Oybeniyam chiqartirvorishdi 1 yil o’tmasdan

manzuw
22.04.2015

Роса чиройли келин бўптила бахтилариям шунақа чиройли бўсин омад

Aziza
22.04.2015

Shoko.uz vidyosiniyam qoyasilami

Bek8111
22.04.2015

Уйланганидан кейин чикарворишдими группадан

Zuli
22.04.2015

Энди Хамдам бн Шахзода Мухамедова колишди, и Асал

Kamilka
23.04.2015

chikariwgani yo guruhdan

zaripova nigora
23.04.2015

juda chiroyli kelin bo`libdilar.iloyim baxti bo`lishsin

gulmira
24.04.2015

گۈزەل كېلىن، بەخت يار بولسۇن!

MARDONA
24.04.2015

ISHONGIM KELMIPTI IKKALASI to`yi BO`GANIGA LEKIN BIR BIRIGA UZUKKA KO`Z QO`YGANDIK YARASHIB TURISHIPTI