Daler Xonzoda new fotosession 2015


Категория: FOTOSESSIYA
014

Ko’proq ingliz tilida qo’shiq kuylashni yaxshi ko’radigan Daler Xonzoda xabaringiz bor o’z faoliyatini avvalo “Sahro” guruhida boshlagan. Ilk qo’shig’idanoq ijro mahorati yuksak bo’lgan Daler yoqimli va shirali ovozi bilan tinglovchilarga ma’qul kelib, ijodidagi rang-baranglik bilan hammadan ajralib turadi. Bu rang baranglik esa uning har bir qo’shig’ida aks etadi. Bir necha tillarda xususan, o’zbek, rus, ingliz , tojik tillarida bemalol qo’shiq kuylaydigan Daler Xonzoda barcha qo’shiqlarining so’zi va musiqasini o’zi yozadi va musiqiy sayqali ham o’ziga tegishli hamda bir necha cholg’u asboblarida kuy ijro etadi. 

 

016

Har tomonlama yuksak mahoratga ega Daler Xonzoda yana bir yangi qo’shiq hozirlab qo’ygan bo’lib, mazkur tarona yaqin kunlarda klip bilan birgalikda hukmingizga havola etamiz. Hozirda esa xonandaning yangi fotosessiyasidan joy olgan fotosuratlarini e’tiboringizga taqdim etamiz.

015 013 010 009 008 007 006 005 004 002 1 (16) 001

 Avvalgi fotosessiyasidan farqli o’laroq, bu galgisi klassik yo’nalishda. Kiyim-boshidan tortib yo’nalishigacha. Haqiqiy ijod ahlining o’yga cho’mgan tarzdagi qiyofalari aks etgan mazkur rasmlarda. Hali hech qayerda bo’lmagan Daler Xonzodaning eksklyuziv suratlarini saytimizda ko’rishingiz mumkin va xonanda ijodidagi eng so’nggi yangiliklarni ham faqat bizda kutib qoling.

Поделиться:

Оставить ответ


charos
28.11.2015

Manga ovozlari yoqadi zor chiroyli Daler korishishni iloji bormikin

Xusen
07.12.2015

Samarqandga boring kurishasiz

Мадина
25.12.2015

Ajoyib