Bu yil Rayhon sahnada qay tarzda paydo bo’ladi?


Категория: EKSKLYUZIV
10171200_278642488963191_5005143951073224216_n

 O’zbek estradasining yulduzlaridan biri Rayhonning ashaddiy muxlislari tinimsiz ravishda o’zlarining sevimli xonandalari haqida turli xil savollar, bir-biriga o’xshamaydigan takrorlanmas fikr-mulohazalar bilan saytimizga murojat qilishmoqda. Shu maqolamiz orqali muxlislar tomonidan yuborilgan savollarga javob berishga va sizlarning dil izxorlaringizni Rayhon tomon yo’llashga ahd qildik.

14

Farzand kutayotganiga qaramay, siz aziz muxlislarni yangi va noodatiy ijod namunalari bilan xushnud etish istagidagi Rayhon kuni kecha o’zi tomonidan kuylangan yangi «Asalim» nomli taronasiga klip suratga oldi. Klip xonandaning bo’lajak farzandi va hayotimiz quvonchi bo’lgan jamiki kichkintoylarga bag’ishlanib suratga olingan. Hech bir shubhasiz ayta olamizki navbatdagi o’ziga xos yo’nalishdagi klip barchaga manzur keladi.

Rayhon

 Shu bilan birga bizga jo’natilayotgan fikrlar orqali Rayhon bu yili omma e’tiboriga yangi konsert dasturini havola etmagani sabab,  uning chiqishlarini sog’inganliklarini ham tinimsiz ta’kidlashmoqda. Albatta, bu tabiiy hol. Rayhon har yilgi konsertlarini bir-biriga o’xshamagan bo’lishiga harakat qiladi va bu ustida jiddiy tayyorgarlik ko’radi. Ssenariydan tortib sahna bezagigacha bir-biriga uyg’un bo’ladi. Qo’shiqlar-u, ularning har biri uchun ishlangan sahna ko’rinishlari va raqslari ham takrorlanmas bo’ladi. Ta’kidlab o’tishimiz joizki har yili muxlislar Rayhonning sahnada qay tarzda paydo bo’lishini katta qiziqish bilan kutadilar. Bu borada xonandaning raqslarini tilga olmay ilojimiz yo’q. Sahnada ko’rib Rayhon xonanadami yoki raqqosa degan o’y-u xayollar barchani chulg’ab olsa kerak. Agarda bu yil Rayhon konsert berib qolsa, u sahnada qay tarzda paydo bo’lishiga qiziqishmoqda! Shunday ekan biz ham Rayhonning betakror konsert dasturlarini juda sog’indik. Hozirgi kunda shirin tashvishlar bilan band bo’lgan xonandaga eng avvalo, sog’lik va kichkintoyni eson-omon bag’riga bosib olishini tilaymiz. Rayhon muxlislaringiz ajoyib konsertlaringizni juda sog’inishgan!

Faxriniso

Поделиться:

Оставить ответ


Erik
28.04.2014

Rayhon asalim mani

nadar maxmudov
28.04.2014

shok.uz mumuriyatiga kotta raxmat rayhon haqida kuprob malumot berela silaga gap yuqhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_rose.gif

Rashidbek
29.04.2014

Rayhon Yoshi Koota Bosayam 18 yoshli qizlaga dam beradihttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_rose.gif

WWW
30.04.2014

kutib kolamiz klip premyerasini……. uzgacha uslubdagi kansertini hamhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_yahoo.gifhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_yahoo.gifhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_yahoo.gif

Bek_Uzbekistan
30.04.2014

Xa rostdan ham RAYHON ni konsertlarini odam sog’invotdi,

Lekin maylin HUDO hohlasa kelasi yili RAYHON ni konsertlari 16 kun bo’ladi.

Keyin illtimos shok.uz da tez-tez RAYHON haqida maqolalar joylashtirib borila.

Aziza
03.05.2014

Rayhon judayam chiroyli kuchli doi yengili qiladi respekt vam ,eson omon qutulvolin

Aziza
03.05.2014

Rayhon judayam chiroyli kuchli doi yengili qiladi respekt vam ,eson omon qutulvolin
Shok.uz saytdagiladan soramoqchidim saytdi ochganda qanaqadr radio qowilib ochilvotdi hammada wunaqami

karina
05.05.2014

Ha Judayam so’gindik Rayhon!http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_cool.gifhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_bye.gif