Bostirib borgan bosqinchi Nilufar Usmonova


Категория: FOTOREPORTAJ
DSC_0031

Bugun 25-may, butun respublikamizdagi maktablar  bo’ylab «So’nggi qo’ng’iroq» tadbirlari ko’tarinki kayfiyatda, keng miqyosida nishonlanmoqda. Mana shunday bayramga yanada o’zgacha ruhiyat, yaxshi kayfiyat bag’ishlab, bitiruvchilarni shaxsan tabriklash maqsadida tinib-tinchimas xonanda Nilufar Usmonava Toshkent shahridagi bir nechta maktablarga hech qanday ogohlantirishlarsiz bostirib bordi, qo’shiq kuylab bitiruvchilarni va ularning ustozlarini tabrikladi. Bugungi sayohatdagi ilk manzil 145-maktab bo’ldi.

DSC_0019

Bejirim libos, unga monand makiyaj va soch turmagidagi Nilufar Usmonovaning sozandalari bir xil kiyinib olishgandi. Bunday yorqin lahzalarni tarixga muhrlash uchun ular bilan birgalikda tashrif buyurgan fotograf va operatorlar ham «NilufarUsmonova.uz» yozuvli bir xil fudbolkada edilar. Aytib o’tganimizdek xonandaning tashrifidan mutlaqo bexabar o’quvchilar orasida yo’q bu Nilufar Usmonova emas uning «falshivkasi» degan gap-so’zlar ham tezda tarqab ketdi. Yo’q, bu xonandaning o’zi ekanligiga ishonch hosil qilganalaridan keyingi ularning hayrati va quvonchini ta’riflashga til ojiz. 

DSC_0022

Shu bugun 145-maktab bitiruvchilari Nilufar Usmonovaning hali hech qayerda yangramagan bitiruvchilar uchun yangi qo’shiqni birinchilardan bo’lib tinglash baxtiga muyassar bo’ldilar va xonandaga cheksiz tashakkurlari-yu hurmatlarini izxor qildiar.

DSC_0055

Keyingi manzil «Uspenskiy» nomidagi musiqa akademik litseyi bo’ldi. Xonandani birinchilardan bo’lib qarshi olgan litsey rahbari Dildora Djamalova uni sahnaga taklif qilib, maktab bitiruvchilari uchun eng katta sovg’a Nilufar Usmonova bo’lganligi haqida aytib o’tdi. Usmonova o’zining samimiy dil izhorlarini o’quvchilar tomon yo’llab, barcha o’quvchilar uchun qo’shiq kuyladi.

DSC_0062

Maktablarga tashrif buyurilayotganda, yengil avtomobillarda ko’p sharlar bilan shahrimiz ko’chalarida ketayotganimizda yo’lovchilar ham nima bo’lyapti o’zi deb rosa haryon qolishdi. Bu Nilufar Usmonava ekanligini bilganlarida esa hayratlari yanada ortdi.DSC_0085 DSC_0096 DSC_0153

Yunusobod tumanidagi 96-maktabga tashrif buyurilganda, maktab o’quvchilari o’zlarining sevimli xonandalararini ko’rib, bir zumda uning atrofini o’rab oldilar. Xonanda qo’shiqni ijro etib bo’lgach, talablarga binoan o’quvchilar bilan birgalikda zinalarda ham o’tirib birga kuyladi.

DSC_0167 DSC_0208 DSC_0243 DSC_0291 DSC_0347

Hatto ba’zi o’quvchilar faxriy yorliqlariga xonandadan imzo qo’ydirib oldilar. Birga esdalik uchun fotosuratlarga tushdilar. Keyin esa safarlari yana boshqa maktablar bo’ylab davom etdi. Ko’tarinki ruhda bu ahdini amalga oshirib, ko’pchilikning minnaddorchiligiga sazovor bo’lgan Nilufar Usmonovaga tasannolar aytib qolamiz.

DSC_0362DSC_0293

Nilufar Usmonovaning o’zi maqolamiz uchun sarlavha topib berdi. Buni esa yaqin soatlarda videoda tomosha qilasiz.

DSC_0309

Katta hayotga bugundan boshlab ilk qadamlarini qo’yayotgan, bitiruvchilarga hayot yo’llari faqat nurli va istiqbolli bo’lishini, yurt uchun munosib o’g’il-qiz bo’lib voyaga yetishlarini tilab qolamiz. Bugungi sayohatda qaynoq fotosuratlarni tomosha qiling. 

Faxriniso

Foto: Kamil Bilyalov 

Поделиться:

Оставить ответ


Renat
26.05.2015

Nilushka barbishka

Po'lat
26.05.2015

Man bita santkor bor ekanu. Garchan bitrovchi bolmasamxam ular nomdan raxmat. Qoyli omad ijodizga. ALLOH. SIZGA YOR BOLSIN. Bir kuniz qaysdir kongli uksizk bitovchni konglini oz bolsada kutarganiz uchun sankorla urganila xadeb pulga uchmela xayeriya va manshunqa kutlmagan mehmon bolila siga pul berib yalib chqarsakxam noz qilib kelasila bazi bazilari

Smile
26.05.2015

Sochini kesib tashabdiyu Nilu

Nerik
26.05.2015

Bu Nilu emas,.Nilufar Usmonova

Leyla
26.05.2015

Savobli ishlarni qibtilade