Bojalar guruhining konsertidan video, shoumisan shou! Shohruhxon saxnadan haydaldi…


Категория: SHOK VIDEOLAR
Bojalar shou

12-13 may kunlari «Istiqlol» san’at saroyida «Bojalar» guruhining «Bojalar shou» nomli konsert dasturi muxlislar e’tiboriga tortiq etildi. Shouning guvohi bo’laman deb tashrif buyurganlarning sanog’i yo’q edi. Xatto zalda bironta ham bo’sh o’rindiq qolmadi.

_DSC5018


VIDEONI YOU TUBE DAN KO’RISH

VIDEONI AVI FORMATDA KO’CHIRISH

VIDEONI MP4 FORMATDA KO’CHIRISH

VIDEONI 3GP FORMATDA KO’CHIRISH

_DSC5594

Birinchi qo’shiqni «Bojalar»ning o’zi ijro etib konsert dasturini ochib bergach, afsonaviy «Bolalar» guruhining solisti xonanda Tohir Sodiqov «Bojalar»ning qo’shig’ini kuyladi. Konsert davomida «Bojalar» ning o’zi Yuriy Shatunovning «Belie rozi» qo’shig’ini butkul yangi talqinda kuyladi.

_DSC5164 _DSC5183 _DSC5285 _DSC5322

Dekoratsiya, monitordagi tasvirlarning barchasi kelganlarga yuqori kayfiyat ulashdi. Sahnaning old qismiga pushti rangda «Bojalar» deb yozilgan bo’lib, bu yozuvni san’at saroyining balkonidan yaxshiroq ko’rish mumkin edi. Konsert davomida Jahongir Poziljonovning o’zi juda ko’p marotaba qo’shiqlariga monand, sahna ko’rinishlariga mos tarzda kiyimlarini o’zgartirdi. Grim ham shunga yarasha tez-tez yangilanib turdi. Konsert kutilganidek ko’tarinki kayfiyatda, hazil-mutoyibalarga boy bo’ldi. Albatta, uni «Quvnoqlar va zukkolarsiz», hamda Davron Kabulovsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ular konsertning o’rtaroq nuqtasida o’zlarining hali tesha tegmagan gaplari, hazillari bilan muxlislarga tabassum ulashdilar.  Konsert davomida , xatto bir nechta kliplar ham yaratilib yuborildi. Ishonmaysizmi? «Lol qoldirding», «Jamshid» va «Zulayho» bularga mantiqiy tarzda biri-biriga ulanib ketilgan kliplarni ko’rib, tomoshabinlar hayrat-u kulgudan o’zlarini mutlaqo tiya olmadilar.

_DSC5075

Bu sahna ko’rinishlar Xalimaxonim ishtirokida yanada jonlandi. Shoumisan shou-da. Konsert dasturida yana ko’plab kutilgan va kutilmagan duet taronalar ijro kuylandi. Bu qo’shiqlar Ulug’bek Rahmatullayev, Shohruhxon, Shahzoda va Ziyoda bilan kuylandi va undagi raqslar bilan muxlislarning jarangdor qarsaklari bir daqiqa ham tin olmadi. Bunday shouni bevosita guvohi bo’lish uchun ko’plab san’atkorlarimiz ham tashrif buyurib, o’zlarining hayratlarini yashira olmadilar va miriqib hordiq chiqardilar.

_DSC5373 _DSC5425 _DSC5525

Shohruhxon saxnadan haydaldi. Nima uchun deb qiziqyapsizmi? Unda videoni tomosha qiling…

_DSC5590 _DSC5638 _DSC5648 _DSC5666_DSC5463~1

Konsert dasturiga «Bojalar» guruhining sobiq a’zosi Mo’min Oripovning onajonlari ham taklif qilingan bo’lib, Jahongir Poziljonov ularga cheksiz ehtiromi, tashakkurlarini izhor qilib, guldasta taqdim etdi. Shu lahzalarda o’tirganlarning bari jumbushga keldilar.

_DSC5815

Konsert yakunida «Bojalar» Vatan haqidagi qo’shiqni kuyladi va muxlislar yuragida Vatanga bo’lgan cheksiz muhabbat hissi yana oshdi. Konsert a’lo darajadagi muvaffaqiyat qozondi. Kelganlar darmonda-yu, kelmaganlar armonda! Har yerda konsertning barchaga manzur kelganligi haqidagi gaplarni eshityapmiz. Konsert dasturiga tashrif buyurolmaganlar uchun undagi eng qiziq lavhalardan video tayyorlab qo’yganmiz. Bu videoni ham e’tiboringizga havola etamiz.

_DSC5858 _DSC5903 _DSC5929 _DSC5970 _DSC5991

Videoni ko’ra turib konsertga kelgan mehmon san’atkor Zebo Navro’zova xayratda ekanidan, konsertni tariflash uchun hech qanday so’z topolmaganini guvohi bo’lasiz. 

_DSC5887

Demak, «Bojalar» guruhi konsert dasturi orqali nafaqat insonlarga madanoy hordiq ulashdi, balki kulgu yo’li bilan ularning umrlarini ham uzaytirdi. Barakalla! Guruhning ijodi yana-da gullab yashnab, muxlislar soni ko’payaversin.

Faxriniso

Operator va montaj:Ilhom Jumaev

Foto: Picasso studiyasining fotosuratchisi Kamil Bilyalov

Поделиться:

Оставить ответ


KinGMusiC
23.05.2015

Nega skacat iwlamayaptu

davrbek
12.06.2015

Konsertni to’liq xolati qo’yilgamni bu saytga?