Bojalar guruhi xunuk bo’lishdan qo’rqishmadi


Категория: MP3, NEWS
Без имени-2

Yil so’nggiga sanoqli kunlar qoldi hamki, shou-biznesda ijod juda qizg’in. Yangi yilga bir-biridan ajoyib qo’shiqlarni taqdim etish istagidagi Jahongir Poziljonov ham yil yakunida yangi qo’shiqni muxlislari tomon yo’llaydi. Har doimgidek yuqori ritm va quvnoq kayfiyat ulashuvchi qo’shiqlarni kuylaydigan Jahongir Poziljonov bu safar ham shu tarzda tarzdagi taronani taqdim etadi. «Andijon-Toshkanjon» deb nomlangan musiqiy sovg’a jannatmakon o’lkamiz haqida. Navbatdagi qo’shiq ham kayfiyatlarni chog’ qilishi aniq. Marhamat tinglab, baho bering.

QO’SHIQNI KO’CHIRISH 

Без имени-1 

Jahongir Poziljonov Instgramdagi shaxsiy sahifasida yana bir yangi klip suratga olganligi haqida xabar berdi. «Ichkilik, sigaret bora-bora shu ahvolga olib keladi. Biz ichkilikka qarshimiz, biz sog’lom turmush tarafdorimiz. Yangi klipimiz sog’lom hayotga intilish to’g’risida» deya xabar berdi xonanda. Yangi klipning rejissyori Johnreed Sagdiyev. 

Untitled-1

Atrofdagilar bunga turli xil fikr bildirmoqda, kimdir qoralaydi boshqalar esa buning aksi. Uning qo’shig’idan tortib kiyinishigacha bachkana deyishadi-yu, lekin youtube.comda kliplari eng ko’p tomosha qilingan xonandalardan biri aynan Jahongir Poziljonov. Demak uning ijodini to’g’ri qabul qiluvchi muxlislar ko’p.  Yil yakunidagi ketma-ket bunday ijod mahsullarining taqdim etilishi esa xonandaning tinimsiz ishlayotganini bildiradi. Shunday shijoat doimiy hamroh bo’lsin.

Без имени-3
Поделиться:

Оставить ответ


sanjar
18.02.2016

Basharasni nma bosib ketpti