«Baxt ortidagi dard» filmi muxlislarning imtihonidan o’ta oldimi?


Категория: KINO PREMYERA
IMG_0879

Yana bir hayotiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan «Baxt ortidagi dard» nomli film bugun muxlislarning imtihonida a’lo darajadagi baho bilan baholandi. Shuhrat Mavlonov rejissyorligidagi mazkur filmning premyeasi bugun “Kinochilar uyi” va “Alisher Navoiy” nomli kinosaroyida bo’lib o’tdi. Yangi kinofilmni birinchilardan bo’lib tomosha qilish hamda Sharof Muqimov va Sevinch Mo’minovaning ilk birgalikdagi ijrolarini ko’rish uchun juda ko’p kinoshinavandalari tashrif buyurdilar.Ular orasida hamkasblari ijodiga baho berish uchun kelgan san’atkorlar ham bor edilar.

IMG_0878IMG_0880 IMG_0883 IMG_0891 IMG_0890 IMG_0888 IMG_0887 IMG_0885 IMG_0884 IMG_0893 IMG_0896 IMG_0897IMG_0900 IMG_0903 IMG_0907 IMG_0908 IMG_0911 IMG_0913 IMG_0916 IMG_0918 IMG_0923 IMG_0959 IMG_0947 IMG_0931 IMG_0974

Aktyorlar va film ijodkorlari birma-bir tanishtirib o’tilgandan so’ng, Sharof va Sevinch filmning saundtrackini sahnadagi jonli klip namoyish etgan holda kuyladilar va tinimsiz qarsaklar ularga hamrohlik qildi. 

IMG_0925

Kutilgan daqiqalar kelib film namoyishi boshlandi. Qizining baxti uchun har narsaga tayyor ota, bir-birini jonidan ortiq ko’ruvchi ikki sevishgan yosh, o’z oilasi, onasi uchun hech qanday ishdan tap tortmaydigan farzand shularning barchasi mazkur kinokartinada o’z ifodasini topgan. Filmda ham hayotdagi kabi sevishgan juftliklar rolini ijro etgan Sharof va Sevinchning muhabbati afsuski taqdirning baland-u pastliklari, oila a’zolarning noroziligi deb ancha-muncha qiyinchilaklar tig’ida toblanishiga to’g’ri keldi. Qizining chin muhabbatini, u o’zining tenggi deb topgan juftini qo’llab-quvvatlamagan ota esa butun boshli bir insonning hayotini mojarolar qurshoviga tashlab, o’yinga aylantirib yubordi.

IMG_0964

Onasi uchun har narsaga tayyor o’g’il bu ham taqdirning bir sinovida deb ne-ne voqealarni boshidan kechirmadi deysiz. Bunday ta’sirchan lavhalarni katta ekranda tomosha qilayotgan tomoshabinlar kino qahramonlari bilan birga hayajonga tushib, filmning oxiri qanday yakun topishini, bosh qahramonlarning qismati qanday yakun topishini qiziqib tomosha qildilar. Filmning ba’zi bir jihatlarini hikoya qilib berib sizlarni ham qiziqtiribqo’ydik chamasi. Marhamat bugundan boshlab «Baxt ortidagi dard» filmini yurtimiz kinoteatrlarida tomosha qilishingiz mumkin.

Поделиться:

Оставить ответ


www
13.11.2015

Sevinch bilan sharof ajrashganmi

Gulya
13.11.2015

Omad ijorkorlarga

Dilnura
15.11.2015

Sevinchimga gap yoq, judayam guzalsiz

Dilnura
15.11.2015

Sevinchimga gap yoq, judayam guzalsiz, sizzi kumerizman

Sabrina
17.11.2015

Kino qacon ciqarkan ma’lumot beriyla Navoiygayam tezro kelsa tuwardik