«Baron» filmining saundtracki uchun Shahzoda tanlandi


Категория: NEWS
IMG_20151111_204624

Bir necha oy avval ommalashgan barcha ijtimoiy tarmoqlarda qiziq bir so’rov e’lon qilingandi. O’tkazilgan so’rov xonandalar o’rtasida bo’lib, unda o’zining hayotiy va chuqur ma’no mazmunni qamrab oladigan kinofilmlari bilan xalqqa manzur bo’lib kelgan taniqli kinorejissyor Rustam Sa’diyev tomonidan suratga olinayotgan «Baron» nomli yangi kinokartina uchun saundtrack kuylashga xonandani xalq tanlab berishi kerak edi. Bir necha kun davom etgan so’rov natijasida latofatli Shahzoda eng ko’p ovoz to’plashga muvaffaq bo’ldi va nomidanoq muxlislarni jalb qiluvchi «Baron» filmiga saundtrack kuyladi. Filmni omadli chiqishida nafaqat aktyorlar jamoasi balki saundtrack ham muhim rol o’ynaydi. Shahzoda ijrosidagi «Sirdoshim» nomli taroni bu mavaffaqiyatni o’n barobar oshirib yuborsa ajab emas. 

IMG_20151111_204620 IMG_20151111_204618 IMG_20151111_204615 IMG_20151111_204611 IMG_20151111_204609 IMG_20151111_204607 IMG_20151111_204605

Shu bilan birga mazkur saundtrack uchun klipmeyker Rustam Murodov tomonidan pavilyonlarda klip ham suratga tushirildi, «Deja vyu»dan so’ng bu klipni tomosha qilsangiz Shahzoda yana boshqacha uslubda namoyon bo’ladi. Shunday ekan yangi saundtrack va klipni saytimiz orqali yaqin kunlarda kutib qoling.

Поделиться:

Оставить ответ


Tolib
13.11.2015

Shahzoda nima kliplarda doim bir xil ko’rinishda :(

Farangiz
14.11.2015

Shahzodani ham birirta ko’rsatuvilarga chaqirilar sog’indik ularni

gulnoza
15.11.2015

Rostanam ko’rinishini o’zgartirsin Shahzoda
manga judayam yoqadid