«Baron» filmida Jamila G’ofurova Rano Shodievani farzandini sotib yubordi


Категория: KINO PREMYERA
DSC_0084

Kecha va bugun «Alisher Navoiy» nomli kinosaroyida taniqli va iste’dodli kinorejissyor Rustam Sa’diyevning «Baron» nomli yangi kinofilmining premyerasi bo’lib o’tdi. Kecha yopiq tarzda san’at ahli o’rtasida namoyish qilingan bo’lsa, bugun tomoshabinlarning imtihonidan o’tdi. Filmning, treyleri, reklamasi va omadli chiqqan saundtrackidan muxlislarning qiziqishi yanada ortib, premyeraga nihoyatda ko’p tomoshabinlar tashrif buyurishdi. Tashkilotchilarning aybimi yoki chiptalar ko’p chiqarib yuborilganmi, asosiy zalda ko’plab tomoshabinlarga joy yetmadi. 

VIDEONI YOU YUBE DAN KO’RISH

DSC_0076

Kinosaroy ma’muriyati tomonidan yana bir zal ochib berildi hamki, hattoki filmni tik turib, yerda o’tirgancha tomosha qilganlar ham bo’ldi. Film ijodkorlarining o’ziga ham joy yetmay qoldi. Premyeraga barcha film ijodkorlari tashrif buyurishdi. Film ijodkorlari birma-bir tanishtirilgach, aktrisa Dilnoza Kubayevaga so’z berildi. Dilnoza Kubayeva Vatan haqidagi she’rni o’qib barchani jumbushga keltirdi va gulduros qarsaklarning ovozi tinmadi. 

DSC_0071DSC_0078

Kino darhaqiqatan ham so’nggi vaqtlarda yaratilgan eng yaxshi kinofilmlardan biri. Ssenariy, rejissyorlik, operatorlik, montajyorlik, aktyorlar jamoasi jihatidan ham mukammal bir kompozitsiya. Film ikki soatdan ortiqroq davom etdi, hattoki kinofilmda Rossiya aktyorlari ham rol ijro etishgan. Kinoda XXI asr vabosi bo’lgan giyohvandlik qattiq tanqid qilingan va uning yomon asoratlari yorqin, ta’sirchan lavhalarda jonlantirilgan. 

DSC_0065 DSC_0021

Filmdagi eng zo’r ijro deb shubhasiz aktrisa Jamila G’ofurovaning talqin etgan obrazini aytishimiz mumkin. Kinokartinani ko’ra turib, uning iste’dodiga yana bir bor tahsinlar aytmaslikning iloji yo’q. «Baron» filmi ijodkorlarini bugungi muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va respublikamizda mana shunday dolzarb masalalarni aks ettiruvchu, hayotiy, ta’sirchan kinolarni yanada ko’payishi tilab, kinorejissyorlarimizga murojaat qilib qolamiz. Marhamat oila a’zolaringiz, yaqin do’stlaringiz davrasida kinoteatrlarga tashrif buyurib, rejissyor Rustam Sa’diyevning «Baron» filmini miriqib tomosha qiling va o’zingizga kerakli xulosalarni chiqarib oling. Film ijodkorlariga esa tasanno, barakalla!!!

DSC_0030 DSC_0037 DSC_0044 DSC_0048 DSC_0058 DSC_0019 DSC_0014 DSC_0003

Faxriniso

 «Picasso» foto studiyasiga minnatdorchilik bildiramiz

Поделиться:

Оставить ответ


sherzot
06.02.2016

kino zo’r chiqipti wunaqa kinolarni ko’payiwini istap qolamiz