Avval kambag’al bo’lib, keyin dunyo tan olgan mashhur yulduzlar


Категория: NEWS
Chet el sanatkorlar

Hech narsasi bo’lmagan taqdirda ham mashaqqatli tajriba bilan yulduzlikka erishish mumkin. Buni kambag’al oilada voyaga yetgan yulduzlar isbotlashgan.  Buning isboti sizlarga dunyo tan olgan eng mashhur yulduzlarni misol qilib o’tamiz.

Jim Kerri

Jim Kerrining otasi ishidan ayrilganida u 15 yoshda edi va oilasiga yordam berish uchun maktabni tark etishga majbur bo’lgan va farrosh bo’lib ishlagan. Keyinchalik esa po’lat zavodida ishlab, Jim agarda kino sohasida omadi kelmaganida, zavodda ishlayotgan bo’lishini aytib o’tgan.

Leonardo Di Kaprio

Leonardo Di Kaprio esa o’zining yoshligini eslar ekan, biz xuddi «Taksist» filmidagidek yashar edik deydi. Bo’lajak aktyorning onasi o’g’lining porloq istiqbolini o’ylab bir necha kasblarda ishlashga majbur bo’lgan.

Tom Kruz

Tom Kruzning otasi esa nihoyatda qattiqo’l bo’lgan va ularning oilasi doimiy ravishda ish izlash bilan band bo’lgan.

Jennifer Lopes

Jenifer Lopez oilasi bilan xatarli ko’chalardan biri Bronksda istiqomat qilgan. Uning ota-onasi ingliz tilini deyarli bilmas edilar. Jey Lo ikki opasi va ota-onasi bilan birga juda kichkina uyda yashagan bo’lishiga qaramasdan, qizlariga raqs va vokaldan dars olishi uchun sharoit yaratib berganlar. Jey Lo esa uyda kichik konsertlar uyushtirib yo’qchilik muammolarini biroz bo’lsada unutishga yordam berar edi.

selena-gomez

Selena Gomez dunyoga kelganida uning otasi 17 yosh onasi esa 16 yosh edi. Selena 5 yoshga to’laganida ota-onasi ajrashib ketishgan va miloyaviy tang ahvolga tushib qolishgan. «Onam uchta joyda ishlar edi va shunga qaramasdan men uchun vaqt topib konsertga va muzeylarga olib borar edi»- deya Selena onasi haqida to’lqinlanib hikoya qiladi.

VEra Brejneva

Vera Brejnevaning onasi farrosh bo’lib ishlagan. Otasi esa avtomobil halokatidan so’ng nogiron bo’lib qolgandi. Ko’p bolali oilaning farzandi bo’lgan Vera kunning birinchi qismida o’qib, ikkinchi qismida esa idish-tovoq yuvuvchi bo’lib ishlardi. O’qish bilan birga enagalik qilgan Vera oilasidagi yetishmovchilik tufayli hamisha bitta libosda yurgani uchun sinfdoshlari hatto uni mazzax ham qilishgan.

Поделиться:

Оставить ответ


Komola
16.11.2015

Ishonish qiyin

Farangiz
17.11.2015

Hammada ko’pincha shunaqa bo’ladi

Faruh
17.11.2015

yomonam qarib ketiptiyu bu yulduzchalarimiz lekin selena bilan vera haliyam go’zal asaaaal