Asilbek Negmatovga taqlid qilgan Xorazmli raqqos xonanda Bekzod Ismoilovdan video


Категория: MP3, SHOK VIDEOLAR
Без имени-1

Bu san’atkorimiz 4 yildan buyon Xorazm Va Qoraqalpog’istonda samarali ijod qilib, el og’ziga tushib, juda ko’p muxlislar ortirgan. Asli Qoraqalpog’istonlik bo’lgan Ismailov qisqa muddat ichida Xorazmda 8 ta,  4 yil ichida Qoraqalpog’istonda 15 marotaba konsert berib, konsert zallari-yu stadionlarni larzaga solgan. Biz ham aslida Begzod Ismailov haqida umuman ma’lumotga ega emas edik. Mana endi Xorazmlik muxlislarning talablariga binoan u haqida ma’lumot to’pladik va ijodiga qiziqib qoldik. Xonanda nafaqat qo’shiqlari, balki raqs harakatlari bilan ham muxlislar ko’ynidan joy olgan. Uning raqsga tushishini ko’rib, Asilbek Negmatovga o’xshatish mumkin yoki unga taqlid qilayotganmikan? 

VIDEONI YOU TUBE DAN KO’RISH

VIDEONI MY TUBE DAN KO’RISH

«OG’ALAR» QO’SHIG’NI KO’CHIRISH 

Без имени-4

Begzod Ismailovning ayniqsa “Og’alar”, “Momojon”, “Chaqir-chaqir” qo’shiqlari nihoyatda mashhur bo’lib, nafaqat Xorazm shahrida, Qoraqalpog’istonda ham sevib tinglashar ekan. Hozirda saytimiz orqali “Og’alar” taronasi va shu qo’shiq ostida raqs tushgan konsertdan lavhani hukmingizga havola etamiz. Bu qo’shiq va video lavhadan so’ng Begzod Ismailovning ijodiga siz ham qiziqib qolasiz. 

Без имени-5

Va shuni ham ma’lum qilamizki xonanada hozirda Toshkentda qizg’in ijod qilishni boshlab yubordi. Xonandaning ijodiy yangiliklari bilan bo’lishish maqsadida u bilan bog’langanimizda u yangi yil arafasida duet tarona taqdim etishini aytdi. Lekin bu duetdoshning kimligi hozircha bizga ham noma’lum. Uning hattoki ayol yoki erkak san’atkor akanligi ham sir. Demak Begzod yangi yilga yangi ijod mahsullari-yu, g’oylar bilan yo’l olgan. IMG_1166 IMG_1168

Tinim bilmay muxlislarning unga bo’lgan mehr-u muhabbati va e’tiborini oqlash uchun izlanayotgan xonanda ijodidagi eng so’nggi yangiliklarni bundan buyon saytimiz orqali kuzatib boring. Xonandaga ulkan muvaffaqiyatlar  tilaymiz. Va o’ylaymizki endilikda o’z ijodi bilan Toshkentni ham larzaga soladi. 

Поделиться:

Оставить ответ


Hanifa
04.12.2015

vuxaxa yomonam likilarkanu qo’shiq yahwi lekin

aybek
16.01.2016

malades bekzad alga basaber, jaxsi qizdiradi toydi

УзБек
13.05.2016

нимага «Хоразмли хонанда» дейилган. У умуман Хоразмлик эмаску. Лекин шу видеоси Хоразмдаги концертидан. Сайт ходимлари эътиборлирок булинг!!!

Азима
02.08.2016

Бекзод молодец.
Косикларида, дауисида зор!!