Asilbek Amanulloh muxlislar savollariga javob beradi


Категория: NEWS
Asilbek 1

O’zining sof mehnati, xush ovozi bilan muxlislar qalbidan joy egallagan Asilbek Amanulloh biroz muddat ijodi susaygan bo’lsa ham, hozirda o’zini butkul ijodga, san’atga bag’ishlagan. Yangi qo’shiqlar va g’oyalarni muxlislarga taqdim etish uchun shay turibdi. Xonanda hamisha muxlislarning e’tiborining markazida bo’lib kelgan. Hali hech qayerda videointervyu bermagan Asilbek Amanulloh ko’p sonli muxlislarning talab va istaklariga binoan saytimizda videointervyu berishga rozi bo’ldi. Asilbek bilan ilk bora o’tkaziladigan eksklyuziv videointervyu anchadan buyon intiqlik bilan kutilyapti. Bilamiz xonandaning ijodi va shaxsiy hayotiga oid qiziqish-u savollaringiz nihoyatda ko’p, sababi har doim muxlislar xonanda haqida tinimsiz ma’lumot so’raydilar. Intervyu munosabati bilan savollaringizga xonandaning o’zidan javoblarni eshitishingiz mumkin. Buning uchun 07.11.2015 soat 15:00 ga qadar o’z savollaringizni saytimizga yuborishingiz mumkin. 15:00 dan keyin kelgan savollar xonandaga o’qib eshittirilmaydi. Qani muxlislar savollar yo’llashni boshladik!

Поделиться:

Оставить ответ


Feruza
07.12.2015

Bu kishini ijodini uzoqdan kuzataman, rostan ham haqiqiy talant

komol
07.12.2015

Kliplarini qo’yila

Nigora
07.12.2015

Bu xonanda nimaga umuman tvlarda chiqmaydilar ahir?

Bek Uzbekistan (139) - Будущий Юрист
07.12.2015

Yaqinda sa’natni tark etishingizni aytib o’tdingiz keyinroq esa sanatga qaytganingizni ma’lum qildingiz. Bu PAIR midi ?

Bek Uzbekistan (139) - Будущий Юрист
07.12.2015

Siz xozirgi kunda Toshkent shahrida isteqomat qilasizmi yoki Andijonda ?

Bek Uzbekistan (139) - Будущий Юрист
07.12.2015

Siz sanat olamiga Asilbek Nig’matov nomi ostida kirib ekldingiz ammo xozirgi kunda Asilbek Omonulloh tahallusi ostida ijod qilmoqdasiz. Shu holatga izoh berib o’tsangiz

Eldor
07.12.2015

Nima uchun kliplar olib hech qayerga chiqarmaydilar

Bek Uzbekistan (139) - Будущий Юрист
07.12.2015

Men sizni nikoh to’yingizni video tasmasini ko’rgan edim. Etiborimni tortgan jihat to’yingiz kuni biron marotaba ham kulmagansiz, yuzingizda quvonchni ko’rsatmagansiz, Rafiqangizni ko’zlarida esa baxtliligi va xursantligini ko’rishimiz mumkin, Nima uchun hayotingizdagi eng bahtli kunda o’zingizni bunchalik jiddi tutgansiz ? Oilada o’zingizni qanday tutasiz (Shunaqa jiddimisiz) ?

Bek Uzbekistan (139) - Будущий Юрист
07.12.2015

Sizni Sherali Jo’rayevni shogirdi deb eshitgan edik shu gap rostmi ?

Bek Uzbekistan (139) - Будущий Юрист
07.12.2015

Sportga qiziqasizmi ? (Shug’ullanasizmi ?)

Sobir
07.12.2015

Asilbek Siz ijod uchun yaralgansiz! Ijodga qaytganingiz rost bo’lsin!

Bek Uzbekistan (139) - Будущий Юрист
07.12.2015

Prodyusseringiz yoki Homiyingiz bormi ?

Bek Uzbekistan (139) - Будущий Юрист
07.12.2015

Sizni ommabop qo’shiqlaringiz qanday yaratilgan ?

Yani: Oldin musiqa yozilib so’ngra matn izlaysizmi yoki o’zingizga biron she’r topgach keyin unga musiqa bastalaysizmi ?

Bek Uzbekistan (139) - Будущий Юрист
07.12.2015

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalardan kelib chiqib aytib o’tishim mumkunki siz Falsafaga qiziqasiz shu bilan birga ayrim Falsafiy qarashlar qarama qarshiligi bilan o’zingizni biroq qiynab o’lylanib qolganingizni ham sezish mumkun. Shartmikin o’zingizni shu qadar qiynash ? Sizning hayot falsafangiz va hayotdagi shoiringiz qanday ?

Bek Uzbekistan (139) - Будущий Юрист
07.12.2015

Tanqidlarga qanday qaraysiz ?

Bek Uzbekistan (139) - Будущий Юрист
07.12.2015

Shu kunga qadar Jurnalistlar bilan o’rtangizda masofa saqlab kelar edingiz. Mana bugun siz hayotingizdagi ilk videoINTERVYU ni berayotgan ekansiz. Aytingchi ijodni boshlaganingizga shuncha yillar o’tib nega aynan Shok.uz ni tanladingiz ? Shok.uz jamoasi haqidagi fikrlaringiz

Bek Uzbekistan (139) - Будущий Юрист
07.12.2015

Instagramdagi sahifangizga ayrim hollatda dunyoning turli davlatlaridagi manzarali joylarni suratlarini joylashtirib borasiz. Xo’sh Ona Vatanimizning chiroyli nuqtalarini, diqqatga sazovor joylari tasvirini instagramdagi sahifangizga qo’yishingizga nima to’sqinlik qilmoqda ?

Bek Uzbekistan (139) - Будущий Юрист
07.12.2015

Bundan bir necha yil oldin men o’zimni Sanat olamida «Professional» emas balkim «Havaskor» deb hisoblayman deb aytib o’tgan edingiz. Mana oradan shunda yillar o’tib ketdi. Shu bugunga kelib o’zingizni sa’nat olamida qanday bog’onada his etmoqdasiz ? «PROFESSIONAL» mi ?

Bek Uzbekistan (139) - Будущий Юрист
07.12.2015

O’z imidjingizga va kiyinish uslubingizga katta etibor berasiz. Bu borada sizning shaxsiy maslaxatchingiz bormi ?

Bek Uzbekistan (139) - Будущий Юрист
07.12.2015

Eng katta tanqidchingiz kim ?

Bek Uzbekistan (139) - Будущий Юрист
07.12.2015

Xazilomus savol: «Nodira» qo’shig’iga ishlangan klipda bir yigitni qo’lidagi sharlarini «1 daqiqada kelib pulini berib ketaman» deb yulib ketgan ediz, Pulini qachon beras ?

Bek Uzbekistan (139) - Будущий Юрист
07.12.2015

Hayotdagi eng oliy maqsadingiz ?

Javlonbek
14.12.2015

birinchidan 07.15.2015 bunaqa sana yuq odamlani axmoq qilmela