Asal Shodievadan kreativ yo’nalishdagi fotosessiya


Категория: FOTOSESSIYA
2

Muxlislar tomonidan eng ko’p loyihalarimizga taklif etishimizni so’rab murojaat qilinadigan san’atkorlardan biri Asal Shodievadir. U nafaqat betakror rollari va ijro mahorati, balki go’zalligi, nafosati, iliq tabiati bilan ham muxlislar qalbidan chuqur joy olgan. Shu maqsadda u bilan o’tkazilgan eksklyuziv fotosessiyani e’tiboringizga havola etamiz. 

7

Saidazim Fazilov @saazgram fotograf : o’zi ham bu hamkorlikdan nihoyatda mamnun bo’lib, Asal Shodiyeva bilan eksperimental fotosessiya ishladik. Maqsadimiz aynan Asalga xos bo’lgan nihoyatda chiroyli va batakror sharqona ayol timsolini yangi ko’rinishda,  fotoasarlar orqali taqdim etish edi. Fokusda aynan Asalning go’zalligi, minimal chalg’ituvchi ranglar va hattoki ranglar ham oq-qora rangda ishlangan. Suratlar asosan portretlardan iborat va siymoning ma’yusligini gullar hamda grafik elementlar boyitadi», deya ilhomlaninb, jo’shib fikr bildirdi. 

8

Darhaqiqat, fotosuratlarni ko’rib, uning ustida o’z ishining mohir ustalari anchagina ter to’kishganini anglab olasiz. Noodatiy uslubdagi mazkur fotosessiya Asalning «ichimdagini top» deydigan ichki fe’l-atvorini ham namoyon etgandek va sirli. Sevimli san’atkoringizning fotosuratlarini tomosha qilib, ijodkorlarning mahoratini baholash esa sizlarga havola. Marhamat tomosha qiling va baho bering.

5 63
Поделиться:

Оставить ответ


sherzod
15.02.2016

Ta`riflashga til ojiz!!! Doim shunaqa chiroyli bo`lib yursinlar.

AZIYZA
06.07.2016

MAN SIZGA JUDAYAM XAVAS QILAMAN