Administratorlarni xor qilgan san’atkorlar va “Yulduzlik kasaligiga” uchragan administratorlar.


Категория: TANQID
a55555dm

So’nggi paytlarda shou biznes vakillari bilan vositachi (administrator)lari kerakli va mas’uliyatli kasb egalariga aylanishgan. Hattoki hali mashhurlik darajasiga yetmaganlar ham imidj sifatida o’zlariga ma’mur yollashadi. (Bu uning kimligining ahamiyati yo’q, ba’zan yaqin o’rtog’i, eski tanishi, bekor yurgan qarindoshi, qo’shnisi xullas bu sohaga umuman dahldor bo’lmaganlar ham shou biznesga adashib kirib qolishadi). Balki shuning uchundir bugungi kunda ma’murlar orasida «yulduz», «o’ta kerakli shaxs», «juda mas’uliyatli» larini uchratish mumkin. Odatda, tadbir, maxsus intervyu, to’y va shu kabi tashkiliy masalalar aynan ular orqali halq qilinadi. Xonandalar esa OAV va xalq bilan to’g’ridan- to’g’ri aloqaga kirishishdan o’zlarini soqit qilishadi. Bu birinchidan to’g’ri, ijodkor bo’lganidan keyin ular bu kabi tashkiliy ishlarga har doim ham aralashib, eslab qolishlari notabiiy. Ammo ayrim vositachilar sababli aytilgan uchrashuvga o’z vaqtida kelmaslik, telefonga javob bermaslik, hattoki xonanda nomidan bemalol qaror qabul qilishgacha borgan ma’mur (administrator) larni uchratmoqdamiz. “Yulduzlik kasaligi” xonandani chetlab o’tib, ma’muriga o’tgan. Xuddi shunga o’xshash holatlar to’y xizmatiga taklif etayotgan yurtdoshlarimiz ham ko’p duch kelishadi. Adminlarning esidan chiqib qolganligi, belgilab qo’ymasdan va’da berganligi, xonandaning xabarisiz qaror qabul qilishi, aksariyat hollarda kelishmovchiliklarni olib kelmoqda. Bir tomondan ma’murlar o’sha xonandaning ham qaysidir ma’noda ham yuzi, ham munosabatini bildiruvchi birinchi mas’ul hisoblanadilar. Shu sababli avvalo ular o’z ishlari nimadan iboratligini, atrofdagilar unga emas, xonandaga murojaat qilayotganliklarini his qilishsa maqsadga muvoffiq bo’lar edi. Bu bilan ular «yulduzlik kasaligi»ga qarshi antivirus o’rnatishgan bo’lishadi. Ana endi masalaning ikkinchi tomoniga ko’z tashlaymiz. Samarali va omadli ijodga o’zaro hamkorlik, halol mehnat va tinimsiz o’z ustida ishlash natijasida erishiladi. Shunga ko’ra xonandalar ham 50% ishni (ba’zan bundan ham ko’p) aynan ularning ma’murlari qilayotganlarini inobatga olishlari ham muhim jihatlardan biri. Chunki aynan adminlarning xizmatlari orqali ularning rejali faoliyatlari amalga oshiriladi. Mahoratingiz ming zo’r bo’lmasin, tashkiliy masalalarga nisbatan befarqlik orqali xonandalar noqulay vaziyatlarga, kelishmovchiliklarga va tartibsiz yumushlarga duch kelishlari mumkin. Hamma narsada qonun qoida, tartib intizom eng birinchi galda turuvchi kriteriyalar hisoblanishadi. Demak san’atkorlarning og’irini yengil qilayotgan, xalqga o’z o’rnida xizmat qilishlariga ko’maklashayotgan OAV da muntazam ishtirokini ta’minlar berayotgan ma’murlarga ijodiy hamkor sifatida murojaat qilishlari o’rinlidir. Ular sizning xizmatokoringiz emas, aytganingizni bajo keltiruvchi vazirlar emas, tasodifiy muammolar uchrab tursa bosh sababchi emas… Ma’mur tashkiliy ishlarga javobgar ma’sul kotib. Birinchi o’rinda ular ham sizga o’xshagan inson. Daromaddan 30% bersa hamma ish ularning bo’ynida emas.Bu yerda gap o’zaro hurmat va xushmuomilalik bilan faoliyat yuritishda. Chunki xonandaning yutug’i qaysidir ma’noda ma’murlarniki hamdir. Avvalo har bir ishga mas’uliyatni xonandalarning o’zlari ham his qilishsa kutilgan natijaga osonroq erishiladi. Ma’mur sizning malayingiz emas, kun tartibingiz menedjeri. Ko’pkina mashhurlarimiz o’z ma’murlarini hor qilishganligi guvoh bo’lmoqdamiz. Shu o’rinda o’zbek shou biznesida namunali ma’murlar ham serob. Bundan ilgari o’zbek san’atkorlarida ham ma’murlar bo’lganmi degan savol tug’ilishi tabiiy. Chunki avvalari xonandalar o’zlari hamma narsani eplashganku, degan fikr ham to’g’ri. Ammo u paytda texnika, uyali aloqa, shaxsiy veb sahifa, konsert shoular, internet va sariq matbuot bu qadar rovojlanmagan. Kimning nima xizmati bo’lsa, to’g’ri o’sha artistning uyiga borib shaxsan o’zi bilan kelishilgan. Qaytangi bu zo’r usul, aldovlar, «uxlatishlar» deyarli uchramagan. Hozirgi kunga kelib esa xonandalarga talab ham katta, e’tibor ham boshqacha, bajarishi kerak bo’lgan yumushlar soni ham keng. Shunday ekan, mas’uliyatli va sharafli o’z o’rnida ibratli kasbingizda o’zaro ahil munosabatda bo’lishingiz haqida o’ylab ko’rishga harakat qilarsiz.

Baxtiyor Safarov

Поделиться:

Оставить ответ


Ramzxon
15.11.2014

Xaqiqatni yozib silar hali sanatkor bulmasdan admin ovoliwadi hozi.

guli
16.11.2014

Juda yaxshi maqola chiqaripsizlar.Shok.uz balle.Hozir hamma qushiq aytishga utishgan.

Toshkent
17.11.2014

shok.uz o’zini ishini qigin aqlin yetmagan ishlaga burnini suqmasdan