8-mart Xotin-qizlar bayrami muborak bo’lsin!


Категория: NEWS

8 mart

Ayol va qizlarni bahorga qiyoslashadi, bahorni ularga. Go`zallik, nafosat, yangilanish, hayot davomiyligi bahor va ayol tushunchalarida uyg`unlashib ketadi. 8-mart Xotin-qizlar bayrami go`zal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi. Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo`lib kelgan. Ayol deganda ko`z o`ngimizda avvalo, ulug` va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot siru-asrorlari va saboqlarini onaning mehru-sahovati tufayli o`rganadi. Ayol borki, olam munavvar, ayol borki, hayot go`zal va maftunkor. Inson, oila, ayol tushunchalarini bir-biridan ajralgan holda tasavvur etib bo`lmaydi. Oilani ham, jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayzu barokot kiritadigan xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida mo’tabar onalarimiz, munis opa-singillarimizdir­. Chindan ham ayollarimizning oilada tutgan o`rni beqiyos. Oqila, go`zal ayollar o`zlarining g`amxo`rligi, mehribonligi, qalbi daryoligi bilan oiladagi, qolaversa, butun jamiyatdagi muvozanatni, poklik, halollik, samimiyat va adolat muhitini saqlab turadilar. Aziz va mo’tabar ayollar.Sizlarni 8-mart xalqaro Xotin-qizlar bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etamiz. Sizlarga uzoq-umr, sihat-salomatlik,oilangizda tinchlik-totuvlik,ch­eksiz baxt tilaymiz. Bahorning illiq nafasi sizlarni tark etmasin. Zero, dunyo, hayot, sizning mehringiz ila barhayotdir. Shok.uz sayti ma’muriyatining illiq tilaklari sizlar uchun!

 

Mahliyo

Поделиться:

Оставить ответ


nozima
08.03.2014

barchaga barobar bolsin shok.uzhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_rose.gifhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_heart.gifhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_rose.gifhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_heart.gifhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_cool.gif

Bek_Uzbekistan
08.03.2014

Laziza opamlarniham tabrikliman 8-mart xotin qizlar bayrami bilan.

yrgfgryhr
09.03.2014

shok.uz kecha youtybe da adashmasam shok news ni 16 sini kurgandim ato ochmadi……..nimaga saytilarga kuyilmayabdiiiiiiiii…….http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_unsure.gif

yrgfgryhr
09.03.2014

buldi youtubde 1 soat oldin kurib boldim oybek prosta kanalida

wwwwwwwwwwwwwwwwwwwwwwwwwwwwwwwwwwww
10.03.2014

bilamanhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_yes.gif

wwwwwwwwwwwwwwwwwwwwwwwwwwwwwwwwwwww
10.03.2014

saytilarga kuymasdan youtube ga kuymelar uje kecha saytilardan oldin 71 prosmotr bop ketibdi