Vatan tuyg’usi, oriyat kuchi, mardlik xissi, farzand tarbiyasi, onaning farzandga bo’lgan mexri !


Категория: FOTOREPORTAJ

IMG_7078
Shu kunlarda otaxon tearimiz sanalgan, bu yil  naqd 100 yoshni qarshi oladigan milliy teatrimizda  Usmon Azimning  «Tong otgan taraflarda» asari asosida spektakl qo’yilayotganini eshitib «Surxon» guruxi vakili Odil Karimning taklifi bilan konsertlardan sal chetlashib teatrga bordik. Anchadan beri bunaqa mantiq va mazmunga ega boy asarni ko’rmagandim.Vatan tuyg’usi, oriyat kuchi, mardlik xissi, farzand tarbiyasi, onaning farzandga bo’lgan mexri qanchalar cheksizligi aks etgan asarni sog’ingan ekanman. IMG_7080

Bu spektaklda mana shu xislatlar ochib berilgan. Boz ustiga muxabbat ham tarannum etilgan. Yengil yelpi asarlar jonga tekkanida bu malxam bo’ldi. Rosti aktyorlar ansambili ham yaxshi tanlangan. Ularning iqtidori taxsinga sazovor. IMG_7083

Ayniqsa Lola Eltoyeva ijrosi meni yana bir bor maftun qildi. Erkin Komilov, Lola Eltoeva, Farxod Abdullaev, va yosh aktyor X.Xasanovlar personajlarni ochib berishda ustalik bilan yondoshishgan. Boy asarimiz va qaxramonimiz Alpomish davrini aks ettiradigan mazkur asarda farzand sog’ligi uchun g’ozga aylanishgacha borgan ona, qabilani va ulusni saqlab qolish uchun o’z farzandini xudoyi qilishgacha borgan ota, kelajakni bila turib aytishdan bosh tortayotgan folbin, o’qi g’ozga tegmagani bois oriyatdan dardga chalingan yigit obrazlari sizni bee’tibor qoldirmaydi.

  IMG_7102
«Tong otgan taraflarda»- Lola Eltoeva g’oz, Farxod Abdullaev — folbin, «Surxon» musiqa muallifi.

IMG_7103  IMG_7119 IMG_7120 IMG_7123 IMG_7125 IMG_7126  IMG_7138 IMG_7141

Rejissyor Askar Xolmo’minov, musiqa muallifi «Surxon»- Odil Karim, liboslar bo’yicha rassom Sevara Zunnunova. IMG_7156

Mazkur spektaklni ko’rishga chorlab qolardim. Rost o’zingizda o’zgacha xis bilan qaytasiz.

Yodgorbek YUKSAL

Foto by: Art studio.uz

Поделиться:

Оставить ответ


ywshrtsh
08.02.2014

voy mendan boshka hech kim ukimabdiku

акбар
09.02.2014

манчии